Putin rossiyalik musulmonlarni Ramazon hayiti bilan qutladi

© Sputnik / Gleb Kiselev / Mediabankka o‘tishMoskovskaya sobornaya mechet otkrilas posle rekonstruksii
Moskovskaya sobornaya mechet otkrilas posle rekonstruksii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya yetakchisi o‘z tabrigida Rossiya musulmonlar jamoasi mamlakat hayotida faol qatnashayotgani va jamiyatda millatlararo tinchlikka bebaho hissa qo‘shayotganini qayd etgan.

TOShKENT, 24-may — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya musulmonlarini Ramazon hayiti bilan muborakbod etdi.

Putin ushbu ayyom o‘zida alohida ma’naviy ma’noni mujassam etishini ta’kidlagan. U bayram asrlar davomida nafaqat samimiy duolar, balki ko‘makka muhtojlarga e’tibor qaratish bilan ham nishonlanib kelayotganini urg‘ulagan.

Prazdnovanie Uraza-bayrama v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Moskva masjidlarida Hayit namozi jamoat bo‘lib o‘qilmaydi

“Ta’kidlaymanki, rossiyalik musulmonlar ota-bobolarining tarixiy, madaniy, diniy an’analariga chuqur ehtirom bilan qaraydi, ulg‘ayotgan avlodni ular bilan tanishtiradi. Rossiya musulmonlar jamoasi mamlakat hayotida faol qatnashmoqda, jamiyatda millatlararo tinchlik va fuqarolik totuvligini ta’minlash, oila institutini mustahkamlash, yoshlarni tarbiyalashga bebaho hissa qo‘shmoqda”, - deyiladi Rossiya yetakchisi tabrigida.

Ramazon hayitini dunyo musulmonlari qatori O‘zbekiston ahli ham katta shodiyona va xursandchilik bilan o‘tkazadi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham mamlakat aholisini Ramazon hayiti bilan tabriklagan edi.

Yangiliklar lentasi
0