Hodisalar

Shoʻrchida “Neksiya” haydovchisi 11 yoshli bolaning umriga zomin boʻldi

© PixabayZnak avariynoy ostanovki
Znak avariynoy ostanovki - Sputnik Oʻzbekiston
28 yoshli haydovchi mashinani tezlikni meʼyoridan oshirgan holda boshqarayotib, yoʻlni belgilanmagan joyidan kesib oʻtayotgan piyodani urib yuborgan.

TOSHKENT, 24 may — Sputnik. Surxondaryo viloyatidagi yoʻl-transport hodisasida voyaga yetmagan bola qurbon boʻldi.

DTP v Buxarskoy oblasti, dvoye pogibli pyatero poluchili tyajkiye telesnыe povrejdeniya - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Nexia va Lacetti toʻqnashuvi ikki kishini hayotdan olib ketdi

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga koʻra, YTH 23 may kuni Shoʻrchi tumani, “Boʻston” MFY hududidan oʻtuvchi mahalliy avtomobil yoʻlida  sodir boʻlgan. “Neksiya-3” mashinasining 28 yoshli haydovchisi tezlikni meʼyoridan oshirgan holda boshqarayotib, yoʻlni belgilanmagan joyidan kesib oʻtayotgan piyoda S.T.ni urib yuborgan.

Natijada piyoda 11 yoshli S.T. ogʻir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Barcha haydovchilardan belgilangan tezlik meʼyorlariga amal qilishlarini, piyodalarga eʼtiborli boʻlishlarini, piyodalar belgilanmagan joylardan yoʻlni kesib oʻtmasliklarini soʻrab qolamiz”, - deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala