Tojik-qirg‘iz chegarasida otishma ro‘y berdi

© Sputnik / Yegor YeremoPogranichniki na slujbe
Pogranichniki na slujbe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida navbatdagi qisqa otishma sodir bo‘ldi. Jabrlanganlar yo‘qligi aytilmoqda.

TOShKENT, 24-may — Sputnik. Bugun, 24-may kuni Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida otishma sodir bo‘ldi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston nashri mamlakat Davlat chegara xizmati ma’lumotiga tayangan holda xabar qilmoqda.

Qirg‘iz tomonining xabariga ko‘ra, chegarachilar Batkent viloyati hududida Tojikistonning Vorux qishlog‘i aholisining mol boqishga bo‘lgan urinishini oldini olishgan.

Chrezvichayniy i Polnomochniy Posol Respubliki Tadjikistan v Kirgizskoy Respublike Nazirmada Alizoda - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston TIV Tojikiston elchisiga protest notasini topshirdi

“Soat 11:40 da Qirg‘iziston va Tojikiston chegarachilari o‘rtasida qisqa otishma sodir bo‘ldi. Qirg‘iziston chegarachilari tomonidan jabrlanganlar yo‘q”, - deyilgan xabarda.

Ta’kidlanishicha, soat 12:20 da voqea joyiga yetib kelgan ikki davlat chegara vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tgan. Hozir qirg‘iz-tojik chegarasining ushbu hududida vaziyat barqaror. Tomonlar ushbu hodisa yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Tojik tomonining hodisa bilan bog‘liq bayonoti hozircha e’lon qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, 8-may kuni ham tojik-qirg‘iz chegarasida mojaro yuz bergan edi. Natijada Qirg‘iziston Tojikiston elchisiga, Tojikiston esa Qirg‘iziston elchisiga protest notasini topshirgan edi.

Yangiliklar lentasi
0