Sport

Yaxshiboyev Belarus chempionatida yana peshqadamga aylandi

© FK "Energetik - BGU"Jasur Yaxshiboyev
Jasur Yaxshiboyev - Sputnik Oʻzbekiston
Jasur Yaxshiboyev futbol boʻyicha Belarus chempionatining 10-turida gollari sonini 7 taga yetkazdi va toʻpurarlar poygasida birinchi oʻringa koʻtarildi.

TOSHKENT, 24 may — Sputnik. Oʻzbekistonlik legioner, “Energetik-BGU” oʻyinchisi Jasur Yaxshiboyev Belarus chempionatida toʻpurarlar poygasida birinchi oʻringa koʻtarildi.

“Isloch” klubiga qarshi oʻtgan oʻyinning 13-daqiqasida Jasur Yaxshiboyev 11 metrlik masofadan belgilangan jarimani mukammal bajardi va gollari sonini 7 taga yetkazishga muvaffaq boʻldi. "Energetik-BGU” jamoasi raqiblarini 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchratdi. Uchrashuvda Jasur Yaxshiboyev toʻliq harakat qilgan boʻlsa, Shahboz Umarov 78-daqiqada zaxiraga olindi.

Shu tariqa, ushbu gʻalaba evaziga “Energetik-BGU” musobaqa jadvalida ikkinchi oʻringa (21 ochko) chiqib oldi va peshqadam BATEdan bir ochkoga ortda qolmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala