“Yo‘qolib qolgan” Kim Chen In yana jamoatchilikka ko‘rinish berdi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishPredsedatel Gossoveta Koreyskoy Narodno-Demokraticheskoy Respubliki Kim Chen In
Predsedatel Gossoveta Koreyskoy Narodno-Demokraticheskoy Respubliki Kim Chen In - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kim Chen In Koreya Mehnat partiyasining Markaziy harbiy qo‘mitasida yig‘ilish o‘tkazib, qator muhim masalalarni muhokama qilgan.

TOShKENT, 24-may — Sputnik. May oyi boshidan buyon ilk bor KXDR yetakchisi Kim Chen In jamoatchilikka ko‘rinish berdi.

Bloomberg agentligi xabariga ko‘ra, Shimoliy Koreya yetakchisi Koreya Mehnat partiyasining Markaziy harbiy qo‘mitasida yig‘ilish o‘tkazgan. Yig‘ilishda milliy mudofaa kuchlarini mustahkamlash xususidagi masalalar muhokama qilingan.

Predsedatel Gossoveta Koreyskoy Narodno-Demokraticheskoy Respubliki Kim Chen In - Sputnik O‘zbekiston
Kim Chen In yana g‘oyib bo‘ldimi?

Shuningdek, Kim Chen In ichki va tashqi siyosat vositalari yordamida yadroviy urushdan saqlanish masalasiga to‘xtalgan.

Biroq majlis qaysi sanada o‘tkazilganiga oydinlik kiritilmagan. Koreya markaziy telegraf agentligi Shimoliy Koreya yetakchisining surati hamda 23-may kuni imzolangan buyruqlarni e’lon qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq The New York Post gazetasi va Bloomberg agentligi Shimoliy Koreya yetakchisi yana bir necha kundan beri omma oldida ko‘rinmayotgani va hech qanday bayonotlar bermayotgani haqida xabar qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0