Analitika

Insoniyatni qutqarish yoki yoʻq qilish kerakmi? Ommaviy chipizatsiya ostonasida

Ichimizda chiplar olib yuradigan vaqt qachon keladi? Bu borada yagona toʻhtam yoʻq. Baʼzi ekspertlarning taʼkidlashicha, bu 5-7 yil ichida amalga oshadi.

Qabul qiling: ertami-kechmi barchamiz oz boʻlsada kiborg boʻlamiz. Ekzoskeletlar bizga harakat qilishimizga yordam beradi, sunʼiy organlar - uzoq umr koʻrish, boshdagi mikrosxemalar esa – yaxshiroq oʻylashga. Ammo bundan qoʻrqish kerakmi? Bunday texnologiyalarni yaratuvchilarning maqsadlari nima?

Sotsialnыe seti - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Internet foydalanuvchilari koronavirus haqida nima deyapti - eng qiziq sharhlar

Kiberpank bostirib kelmoqda: Ilon Mask 2020 yil oxiriga qadar inson miyasiga joylashtiriladigan chiplar ishlab chiqarishni vaʼda qilmoqda. Bu odam haqiqatan karantinda vaqtini behuda sarflamayapti. Ixtirochi oʻzining Neuralink loyihasida odamlarni Altsgeymer yoki Parkinson kasalligidan halos etadigan, shuningdek eshitish va koʻrish qobiliyatini qaytaradigan mikrosxemalar ishlab chiqarishni vaʼda qilmoqda. Va shuningdek, odamlarda toʻliq yoki qisman falaj boʻlgan harakatlanish qobiliyatini tiklashni. Bir soʻz bilan aytganda, bu miya faoliyati va neyronlarning ishi bilan bogʻliq barcha muammolar uchun oʻta kichik panatseyadir. Yoqimli bonuslar - turli xil gadjetlar bilan ishlash (faqatgina fikr kuchi bilan) va sogʻlom odamning aqliy qobiliyatini yaxshilash imkoni.

Ammo kelajakning bu goʻzal haqiqati bir qoshiq antiutopiyasisiz toʻliq boʻlmasdi. Rossiyalik rejissyor Nikita Mixalkov oʻz dasturida milliarder va Microsoft  korporatsiyasining asoschisi Bill Geytsni hamma ustidan nazorat oʻrnatish va odamlar sonini kamaytirish maqsadida insoniyatga chip oʻrantish istagida aybladi. Usul - goʻyo koronavirusga qarshi emlash orqali. Va Bill Geyts olgan patent raqami ham dahshatli - "060606" (666- iblis raqami – tahr.). Turli mamlakatlarning boy va obroʻli odamlari aʼzo boʻlgan maxfiy dunyo hukumatining gʻoyalari ham bunga qoʻshildi. Nazariyalar ochiqchasiga fitna nazariyalardir. "InforUs" konsortsiumi prezidenti Andrey Masalovich, Bill Geyts aslida kanday patent olganligini tushuntirdi.

"Microsoft'ning "Men 060606 patenti"ni  oʻqidim. Bunday raqam kompaniya uchun ahmoqona omadsizlikdir. Bu shunchaki ahmoqona patent, oʻziga xos "vinegret", ammo ichida chiplash haqida bitta ham soʻz yoʻq, taʼkidlayman - bitta ham soʻz yoʻq. Patentda yozilishicha: agar odam yonida har qanday sensorni olib yurgan boʻlsa – u allaqachon fitness bilaguzugi yoki smartfonni olib yuripti – unga biron bir vazifani topshirish mumkin, masalan kun davomida besh kilometr yurish vazifasi berilishi mumkin, keyin esa vazifa bajarildimi-yoʻqmi ushbu sensor yordamida tekshirilishi mumkin, shu sensor yordamida pul topish imkonini berish mumkin, masalan bitkoynni ikki tiyinini topishiga. Yaʼni Microsoft'ning patenti gʻalatiroq, ammo mutlaqo zararsiz: biz shundoq ham ushbu sensorlarni yonimizda olib yursak, ular bizni shundoq ham boshqarsa, nega bu nazoratni ijobiy hulq kvanti bilan bogʻlamaymiz (ijobiy fikr yoki xulq-atvor yoʻnalishini targʻib qilish - tahr.)".

Oʻzbekiston: respublikada internet va aloqa - Sputnik Oʻzbekiston
Infografika
Allo, Oʻzbekiston: internet va aloqa masalasi haqida

Xoʻsh, qaysi stsenariy ehtimoli yuqoriroq – foydani koʻzlagan holda sovuqqon hisob-kitob yoki umumiy kuzatuv yoki yuqori texnologiyali gumanizm va insoniyatning najotimi? Ehtimol ikkalasi ham, deydi Andrey Masalovich. Ammo anonimlikdan xavotirlanishning hojati yoʻq, dedi u Sputnik radiosiga bergan intervyusida.

"Raqamli bokiralikni yoʻqotishdan qoʻrqadigan har kim endi bundan qoʻrqmasa ham boʻladi. Siz yonizda olib yuradigan gadjetingiz har qanday chipdan yaxshiroqdir. Yaʼni, har birimiz biz haqimizda hamma narsani biladigan shaxsiy Internet-josusimiz bor. Buni hamma biladi, shu qatori asosiy tijorat firmalari. Dahlsizlikni yoʻqotishdan qoʻrqqan har bir kishi, qoʻrqmasin - siz uni allaqachon yoʻqotib boʻlgansiz. Maxsus xizmatlar va davlatlar nazoratidan qoʻrqqan har bir kishi, qoʻrqmasin - korporatsiyalar tomonidan nazorat ancha kuchliroq. Yaʼni maxsus xizmatlar, ularga yetmagan maʼlumotlarni korporatsiyalardan olishadi. Korporatsiyalar sizga taalluqli hamma narsaga ega".

Kiberjinoyatchilikka kelsak, bu yerda u oʻzini juda noqulay his qiladi. Ammo odamni boshqarish uchun gipotetik chipni ochib tashlash orqali miyani "buzib kirish"ning endi keragi yoʻq - bu qiziqilayotgan odam haqida barcha maʼlumotlarni olish kifoya, deya tushuntiradi Andrey Masalovich.

"Raqamli shahsiyatni yoʻqotish haqiqatan ham dahshatli narsa. Bizda bu u yoki bu shaklda allaqachon mavjud: bank kartasining oʻzi anchagina maʼlumotni oʻzida mujassam qilgan, davlat xizmatlari portali ham koʻp narsani biladi, hozir Rossiyada yagona biometrik identifikatsiyalash standarti mavjud boʻlib, u ham ovozimizni hamda yuzimiz tasvirini yozib oladi va ularni birgalikda saqlaydi. Bunday maʼlumotlarning yoʻqolishi inson uchun halokat ekanligi ayon. Agar tajovuzkor uni qoʻlga kiritsa yoki uni qalbakilashtirishni oʻrganib olsa, u holda sizning raqamli imzingizni qoʻlga kiritib, sizning borligingizni oʻz nazoratiga oladi".

Hammamiz ichimizda chiplar olib yuradigan vaqt qachon keladi? Bu borada yagona toʻhtam yoʻq. Baʼzi ekspertlarning taʼkidlashicha, bu 5-7 yil ichida amalga oshadi. Boshqalar aytishicha, uch yildan keyin biz haqiqatga aylangan juda aqlli va maʼlumot almashish moslamalari - dazmoldan tortib uchuvchisiz avtomobilgacha, Internetga ulangan buyumlar  haqiqati toʻgʻrisida koʻproq qaygʻuramiz.

Muallif Mariya Merkulova, Sputnik Radiosi

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala