Video

Koronavirusning hidi bormi? Eronda itlar koronavirusni aniqlashga oʻrgatilmoqda

Maxsus oʻrgatilgan itlar bir soat ichida 250-300 kishini tekshirib, 65% aniqlik bilan koronavirus tashhisi qoʻyishi mumkin . 

Tehrondagi itlarni mashq qildirish markazi xodimlari insonning toʻrt oyoqli doʻstlari COVID-19ni aniqlashda yordam bera olish imkoniyatini oʻrganishmoqda. Tajribada turli zotdagi itlar ishtirok etmoqda.

Tadqiqotchilar aytishiga qaraganda, inson koronavirusga chalinganda uning tana hidi oʻzgaradi. Odamlar buni sezmasada, itlar yaxshi his qiladi. Kinologlar ayni vaqtda itlar yordamida 65% holatlarda aniq tashhis qoʻyish mumkinligina tasdiqlashmoqda. 

Undan tashqari itlar hozirgi vaqtda samarali COVID-19 test tizimi boʻlishi mumkin. Bir soat ichida bitta it 250-300 kishini "tekshirib chiqish" imkoniga ega.  

Eron kinologlari tajribasi haqida batafsil videolavhamizda tomosha qiling. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala