Hodisalar

MIB elektr tarmoqdan oʻgʻrincha foydalangan huquqbuzarlarni aniqladi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Fotobankka oʻtishZamena starыx elektroschetchikov v jilыx domax Vladivostoka
Zamena starыx elektroschetchikov v jilыx domax Vladivostoka - Sputnik Oʻzbekiston
Majburiy ijro byurosining Uchqoʻrgʻon tuman boʻlimi tomonidan “Yogʻdu” va “Navroʻz” mahallalarida oʻtkazgan monitoring davomida huquqbuzarlik holatlarini aniqladi.

TOSHKENT, 25 may — Sputnik. Majburiy ijro byurosining Uchqoʻrgʻon tuman boʻlimi tomonidan “Yogʻdu” mahallasida oʻtkazgan monitoring davomida huquqbuzarlik holatini aniqladilar.

Shu mahallada istiqomat qiluvchi N.Shamsiddinovaning  yashash xonadonini toʻlov intizomiga amal qilish holati va energiya resurslaridan foydalanish koʻrilganda antiqa holatga duch kelindi.

© BPISamovolnoye podklyucheniye k elektrosetyam
MIB elektr tarmoqdan oʻgʻrincha foydalangan huquqbuzarlarni aniqladi - Sputnik Oʻzbekiston
Samovolnoye podklyucheniye k elektrosetyam

Fuqaro elektr hisoblagichdan tashqari koʻz ilgʻamas ravishda yashirin tarmoq tortib foydalanib kelgan. Hozirda ushbu yashirin tarmoq orqali taʼminotchi korxona manfaatiga yetkazilgan zarar aniqlanmoqda.

“Tumanning “Navroʻz” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro SH.Ataboyev ham uddaburon isteʼmolchilardan biri ekanligi maʼlum boʻldi.

© BPISamovolnoye podklyucheniye k elektrosetyam
MIB elektr tarmoqdan oʻgʻrincha foydalangan huquqbuzarlarni aniqladi - Sputnik Oʻzbekiston
Samovolnoye podklyucheniye k elektrosetyam

U ham tarmoqdan foydalanishni oʻgʻrincha usulidan foydalanib kelgani aniqlandi. Goʻyoki hech kim bilmaydi deb hisoblagichdan tashqari yashirin ravishda foydalanib kelgan. Mazkur holat boʻyicha ham hozirda dastlabki surishtiruv va yetkazilgan zarar hisob-kitob qilinmoqda”, - deyilgan xabarda.

MIB organlari tomonidan karantin davrida huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha olib borgan tezkor tadbirlari davrida 35,224 ming soʻmdan ortiq zarar yetkazish bilan 1336 ta holat aniqlangan (424 tasi tabiiy gaz va 912 tasi elektr energiya tarmoqlaridan noqonuniy foydalanish boʻyicha).

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala