To‘rtko‘l tumanida 13 yoshli o‘g‘lini sotishga uringan ona qo‘lga tushdi

© Sledstvenniy departament pri MVD Respubliki UzbekistanZaderjana jenshina, namerevavshayasya prodat 13-letnego sina
Zaderjana jenshina, namerevavshayasya prodat 13-letnego sina - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fuqaro o‘zining 13 yoshli o‘g‘lini 15 ming dollarga sotayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Endi uni sud kutmoqda.

TOShKENT, 25-may — Sputnik. Qoraqalpog‘istonda odam savdosi jinoyatining oldi olindi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, 19-may kuni 43 yoshli M.P. Beruniy tumani IIB ga ariza bilan murojaat qilib, unda To‘rtko‘l tumanida yashovchi “Qunduz” ismli ayol noqonuniy ravishda o‘z farzandini sotmoqchi bo‘lib yurganligini bayon qilgan.

Ushbu arizasiga asosan shu kuni soat 21:00 da o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida To‘rtko‘l tumanida joylashgan uyda ijarada yashab kelayotgan 38 yoshli Qunduz K. o‘zining ikkinchi farzandi, voyaga yetmagan 13 yoshli D.O.ni fuqaro S.E.,ga 15 ming dollar evaziga sotayotgan vaqtida ushlangan.

Hodisa sodir bo‘lgan joydan kimoviy ishlov berilgan 400  dollar hamda qolgan 14 600 dollar miqdoridagi pullar aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida o‘rnatilgan tartibda olingan.

© Sledstvenniy departament pri MVD Respubliki UzbekistanZaderjana jenshina, namerevavshayasya prodat 13-letnego sina
To‘rtko‘l tumanida 13 yoshli o‘g‘lini sotishga uringan ona qo‘lga tushdi - Sputnik O‘zbekiston
Zaderjana jenshina, namerevavshayasya prodat 13-letnego sina

Holat yuzasidan jinoyatchiga nisbatan O‘zbekiston JKning 135-moddasi 3-qismi “a” bandi (Odam savdosi) bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0