Migratsiya

Yana 280 nafarga yaqin Oʻzbekiston fuqarolari rus-qozoq chegarasida toʻplandi

© Sputnik / Tabыldы Kadыrbekov / Fotobankka oʻtishKontrolno-propusknoy punkt na granitse Kazaxstana
Kontrolno-propusknoy punkt na granitse Kazaxstana - Sputnik Oʻzbekiston
TIV Rossiya hududida boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolaridan Rossiya-Qozogʻiston davlatlararo chegarasini kesib oʻtish nuqtalariga borishga urinmasliklarini soʻramoqda.

TOSHKENT, 25 may — Sputnik. Avval ogohlantirilganliklariga qaramasdan Qozogʻiston hududi orqali vatanga qaytish istagida boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari Rossiya-Qozogʻiston chegarasi yaqinida Samara viloyatida toʻplanishda davom etmoqda.

TIV matbuot xizmati 18 va 19 may kunlari Rossiya-Qozogʻiston chegarasi orqali vatandoshlarning Oʻzbekistonga olib ketilishi istisno tariqasida va diplomatik vakolatxonalarning avvaldan shakllantirgan roʻyxati asnosida Rossiya va Qozogʻiston tomonlari bilan kelishilgan holda amalga oshirilganini eslatib oʻtgan. Taʼkidlanishicha, qoʻshimcha roʻyxatlar tuzilishi koʻzda tutilmagan.

Uzbekistan vozvraщayet charternыmi reysami zastryavshix za rubejom grajdan iz-za koronavirusa - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston fuqarolarini xorijdan qaytarish uchun 17ta reys tashkil qilinadi

Xabarda yozilishicha, ogohlantirishlarga qaramay, yana 280 nafarga yaqin fuqarolar Rossiya-Qozogʻiston chegarasi oldida toʻplangan.

Oʻzbekistonning Qozon shahridagi bosh konsulligi maʼlumotiga koʻra, Samara viloyati Hukumati ushbu fuqarolarni sanoat obʼyektlarida ish, yotoq joy va oziq-ovqat bilan taʼminlashga tayyorligini bildirgan.

Ammo toʻplanganlardan faqat 25 tasi ushbu taklifni qabul qilgan boʻlsa, qolganlari hamon Bolshaya Chernigovka tumani hududida qolmoqda.

Ishga joylashishni istamagan va chegara yaqinida qolayotganlardan oʻzlarining vaqtincha/doimiy yashash joylariga qaytishlari hamda charter reyslarini kutishlari soʻralgan.

“Rossiya hududida boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolaridan Rossiya-Qozogʻiston davlatlararo chegarasini kesib oʻtish nuqtalariga borishga urinmasliklarini, yashash joylarida qolishlarini va karantin choralariga qatʼiy amal qilishlarini soʻraymiz”, - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev topshirigʻiga binoan Rossiya-Qozogʻiston davlatlararo chegarasida toʻplangan jami 1100 nafar Oʻzbekiston fuqarolari istisno tariqasida vatanga olib kelingan edi. TIV qoʻshimcha roʻyxat tuzish koʻzda tutilmagani va fuqarolardan chegarasini kesib oʻtish punktlariga borishga urinmasliklari, hozirda boʻlib turgan joylarida qolishlarini va barcha karantin choralariga qatʼiy rioya qilishlarini soʻragan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala