Jamiyat

Qoraqalpogʻiston va Toshkent viloyati chegara bojxona posti xodimida koronavirus aniqlandi

© Sputnik / Pavel Lisitsыn / Fotobankka oʻtishPrizыv na voyennuyu slujbu v gorodax Rossii
Prizыv na voyennuyu slujbu v gorodax Rossii - Sputnik Oʻzbekiston
Soʻnggi soatlarda Oʻzbekistonda 16 kishida koronavirus tasdiqlandi. Jumladan, ikki nafar chegara bojxona posti xodimlarida, ikki nafar ukrainalik haydovchida aniqlandi.

TOSHKENT, 25 may — Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirus bilan bogʻliq yana 16 yangi holat qayd etildi.

“2020 yil 25 may soat 10:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 3180 (+16) nafarni tashkil etmoqda”, - deyiladi Sogʻliqni saqlash vazirligi xabarida.

Sotrudnik v laboratorii - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiyada COVID-19ga qarshi samarali dori paydo boʻldi

Yangi kasallanish holatlarining 4 tasi Qoraqalpogʻiston Respublikasida aniqlangan. Ulardan 3 tasi xorijdan kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomobil haydovchilari (ulardan 2 nafari ukrainalik), 1 tasi chegara bojxona posti xodimida aniqlangan.

5 tasi esa Samarqand viloyatida aniqlangan. Ularning 4 nafari kasallikka chalinganlar bilan muloqotda boʻlib yuqtirgan. 1 tasi esa aholi orasida aniqlangan. Hozirda epidemiologik surushtiruv ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, yana 1 ta holat Toshkent viloyatida chegara bojxona posti xodimida aniqlangan. Qolgan 6 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida qayd etildi.

Ayni paytda mamlakatda 2565 nafar koronavirusga chalingan fuqarolar butunlay sogʻaygan. Hozirda 602 nafar bemor davolanmoqda. 3 nafar bemorning ahvoli ogʻir.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala