Jamiyat

Oʻzbekistonning barcha hududida Yoshlar texnoparklari tashkil etiladi

Hududlarda yoshlarning intellektual, ilmiy, ijodiy salohiyatini oshirish texnoparklar faoliyatining asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

TOSHKENT, 25 may — Sputnik. Oʻzbekistonning har bir hududida Yoshlar texnoparklari tashkil etiladi. Tegishli Hukumat qarori 22 may kuni qabul qilindi.

Qarorga muvofiq,  respublikaning har bir hududida bosqichma-bosqich Yoshlar texnoparklari tashkil etiladi.

Hududlarda yoshlarning intellektual, ilmiy, ijodiy salohiyatini oshirish texnoparklar faoliyatining asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Shavkat Mirziyoyev posetil Texnologicheskiy park programmnыx produktov i informatsionnыx texnologiy v Mirzo-Ulugbekskom rayone Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonning barcha hududlarida IT parklar quriladi

Texnoparklar Innovatsion rivojlanish vazirligi muassisligidagi hamda masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi.

Texnoparklar faoliyati vazirlik huzuridagi Yoshlar akademiyasi tomonidan muvofiqlashtiriladi.

Texnoparklar bino va inshootlarini qurish, qayta taʼmirlash va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash xarajatlari Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan amalga oshiriladi.

Qaror bilan 2020-2023 yillarda respublika hududlarida Yoshlar texnoparklarini bosqichma-bosqich tashkil etish reja-jadvali tasdiqlandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala