Infografika

Davlat gʻaznasi nima bilan toʻldirilmoqda?

Moliya vazirligi hisobotiga koʻra, Oʻzbekiston davlat byudjeti umumiy tushumlar, soliqlar va bojlar asosida toʻldirilmoqda.

Oʻzbekiston Moliya vazirligi hisobotiga koʻra 2020 yilning yanvar-mart oyida davlat byudjeti 

Umumiy tushum, 28,5 trln. soʻm, Soliqlar, 23,8 trln. soʻm, Bojxona toʻlovlari, 3.5 trln. soʻm va boshqa soliqlar evaziga toʻldirilgan. 

Shuningdek, Oʻzbekistonda rasmiy toʻlanadigan oylik maoshlar miqdori 2019 yilning fevral oyiga nisbatan 37%ga oshgan. 2019 yilning fevral oyida Respublika mehnatga haq toʻlash fondi 5857 mlrd. soʻmni tashkil qilgan boʻlsa, 2020 yil fevralida ushbu koʻrsatgich 8041 mlrd. soʻmni tashkil qilgan.

Xususan, 2-4 mln. soʻm maosh oluvchilar miqdori 18% dan 21% gacha oshgan, 4 -5,5 mln. soʻm maosh oluvchilar miqdori 3,5 %dan 4,7 %gacha oshgan. 1 mln. soʻmgacha maosh oluvchilar miqdori esa 47% dan 41% gacha kamaygan. 

Davlat byudjeti va maoshlar oshishi haqida infografikamizda batafsil tomosha qiling. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala