Dunyoda

Koronavirusdan qoʻrqinchliroq: Xitoy oʻta xavfli yangi turdagi viruslarni aniqladi

© AFP / Noel CelisDevushki v maskax naprotiv graffiti v Uxane
Devushki v maskax naprotiv graffiti v Uxane  - Sputnik Oʻzbekiston
Koronaviruslarni oʻrganish bilan shugʻullanuvchi xitoylik virusolog Shi Chjenli kelajakda nomaʼlum infektsiyalar tarqalishi mumkinligi haqida ogohlantirdi

TOSHKENT, 26 may — Sputnik. Insoniyat tomonidan aniqlangan viruslar "aysberg uchidir", dedi CGTN telekanaliga bergan intervyusida Uxan virusologiya instituti rahbari oʻrinbosari Shi Chjenli.

Testirovaniye na antitela k koronavirusu - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Xorijdan kelgan 46 kishida koronavirus aniqlandi

Olim ayol davlatlarni virusga qarshi kurashda xalqaro hamkorlikka daʼvat qildi.

Olimning fikricha, bu singari tadqiqotlar shaffoflikni talab etadi, bugungi kunda ilm-fanning siyosiylashtirilgani esa gʻoyat achinarli holdir.

"Agar kelgusi infektsiya kasalliklaridan insonlar aziyat chekmasin, desak u holda yovvoyi jonivorlar tomonidan tashiladigan nomaʼlum viruslar toʻgʻrisida oldindan bilimga ega boʻlishimiz kerak. Faqat shu yoʻl bilan ularning tarqalishining oldini olish mumkin", - dedi mutaxassis.

Shi Chjenli koʻrshapalaklar ustida oʻtkazadigan ilmiy tadqiqotlari bilan mashhur. U oʻz ish faoliyati davomida bu jonivorlar organizmida 1,5 mingga yaqin turdagi koronaviruslarni aniqlagan.

Mikrosxema - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Insoniyatni qutqarish yoki yoʻq qilish kerakmi? Ommaviy chipizatsiya ostonasida

Uning aytishicha, bu infektsiyalarning bir qismi kelajakda yangi pandemiyalarga sabab boʻlishi mumkin.

"Agar ularni oʻrganmasak, yana bitta pandemiya yuz berishi ehtimoli bor", - deya taxmin qilgan Shi Chjenli.

Koronavirus pandemiyasi

Koronavirus infektsiyasi Xitoyda ilk marta 2019 yilning oxirida qayd etilgan. Infektsiyaning katta tezlikda tarqalishi tufayli BSST mart oyi oʻrtasida pandemiya eʼlon qildi.

Ushbu kasallikni ilgari nomaʼlum boʻlgan SARS-CoV-2 shtammi keltirib chiqarmoqda.

25 may holatiga koʻra eʼlon qilingan statistikaga oid yer yuzida 5,54 million kishi koronavirus infektsiyasini yuqtirgan. Kasallik qurbonlari soni 347, 3 mingga yetgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala