Dunyoda

Qozogʻiston Oʻzbekiston bilan transchegaraviy suvlar boʻyicha bitim tayyorladi

© Foto : Ofitsialnыy sayt premyer-ministra KazaxstanaNavodneniye v Maktaaralskom rayone
Navodneniye v Maktaaralskom rayone - Sputnik Oʻzbekiston
Bitim loyihasida transchegaraviy suv obʼyektlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilinishini doimiy monitoring qilish koʻzda tutilgan.

TOSHKENT, 26 may — Sputnik. Qozogʻiston ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vazirligi mutaxassislari tomonidan Oʻzbekiston bilan transchegaraviy suvlar boʻyicha bitim loyihasi tayyorlandi, deb xabar qildi Sputnik Qozogʻiston. Hujjat suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishni nazarda tutadi.

Iz Uzbekistana v Kazaxstan otpravlena texnika - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston Qozogʻistonga yana 20 dona maxsus texnika yubordi

Shuningdek, bitim normalari Sirdaryo, Chirchiq, Keles, Ugam daryolari, Farxod va Gʻazalkent gidrouzellariga tegishli.  

Hujjat davlatlararo kanallar - Doʻstlik, Katta Keles magistral, Zax, Xanim, Achinau, Akkoyli, Shimoliy Toshkent kanali, Yuqori Toshkent kanali va V-12, V-15, V-24, V-25 kanallarini boshqarishni oʻz ichiga oladi.

Bitimning asosiy bandlari

Respublikalar umumiy roʻyxatga muvofiq transchegaraviy suv obʼyektlari va suv xoʻjaligi inshootlarida suv hisobini yuritadilar, qoʻshma komissiya tomonidan tasdiqlangan tartibda maʼlumot almashinuvi amalga oshiriladi.

Spasateli pomogayut postradavshim ot podtopleniya v Maktaaralskom rayone - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Xushxabar: Qozogʻistondagi toshqindan zarar koʻrgan tumanlar suvdan toʻliq tozalandi

Tomonlar suv obʼyektlarida suv resurslarini taqsimlashini taʼminlaydilar.

Transchegaraviy suv obʼyektlari va suv xoʻjaligi inshootlarida suv oʻlchash boʻyicha avtomatlashtirilgan tizimini yaratiladi, maʼlumotlar onlayn rejimida uzatiladi.

Suv xoʻjaligi inshootlarida rekonstruktsiya qilish, foydalanish va taʼmirlash, texnik xizmat koʻrsatilishini moliyalashtirish va boshqa tadbirlarni nazarda tutadigan masalalar boʻyicha hamkorlik qilish rejalashtirilgan.

Ikki davlat mutaxassislari transchegaraviy suv obʼyektlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilinishi ustidan monitoring amalga oshiradilar.

Toshqinlar, suv sathi koʻtarilishi, qurgʻoqchilikning oldini olish va ularning oqibatlarini kamaytirish boʻyicha qoʻshma dasturlar ishlab chiqiladi.

Shu bilan birga, bitim loyihasida transchegaraviy suv obʼyektlarida suv inshootlarini qurish jarayonida Oʻzbekiston va Qozogʻistonning harakatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek, transchegaraviy suv obʼyektlari ekotizimlarining barqaror suv sathini saqlash va taʼminlash boʻyicha yaqin hamkorlik koʻzda tutilgan.

Birgalikda ishtirok etish asosida ikkala respublika transchegaraviy obʼyektlarda suvni tejash va suv yoʻqotilishini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradilar. Xususan, kanallarni betonlashtirish, suvni boshqarish muhitini yaxshilash maqsadida suv xoʻjaligi inshootlarini avtomatlashtirish va modernizatsiya qilishni oʻz ichiga oladi.

Rыba - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Qozogʻistonda suv bosgan hududda xavfli baliq topildi

Qoʻshma hujjat ikki mamlakatning transchegaraviy suv obʼyektlari resurslariga teng huquqlarini belgilaydi.

"Transchegaraviy daryolar suv resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlash maqsadida tomonlar davlatlararo boshqaruvni tashkil etadilar: “Doʻstlik” kanali, Katta Keles magistral kanallari, Zax, Xanim, Achinau, Akkoyli, Shimoliy Toshkent kanali va Yuqori Toshkent kanali boʻyicha", - deb qayd etilgan loyiha.

Ikki davlat chegara hududlarida joylashgan kollektor-drenaj suv omborlarida suv sathining koʻtarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda, uni bartaraf etish uchun shoshilinch choralar koʻriladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala