Dunyoda

Rossiyada COVID-19ga qarshi vaktsinaning klinik sinovi boshlanish sanasi maʼlum qilindi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Fotobankka oʻtishRossiyskiye mediki razrabotali vaktsinu
Rossiyskiye mediki razrabotali vaktsinu - Sputnik Oʻzbekiston
“Vektor” virusologiya ilmiy markazi joriy yilning iyun oyining oxirida koronavirus vaktsinasining klinik sinovlarini boshlashni rejalashtirmoqda.

TOSHKENT, 26 may - Sputnik. Rospotrebnadzorning “Vektor” virusologiya ilmiy markazi iyun oyining oxirida koronavirus vaktsinasining klinik sinovlarini boshlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda markaz bosh direktori Rinat Maksyutov "Izvestiya" gazetasiga bergan intervyusida maʼlum qildi.

Anatoliy Alshteyn  - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Virusolog COVID-19ga qarshi vaktsina sinovi qanday oʻtayotgani haqida soʻzlab berdi

Uning soʻzlariga koʻra, bu vaqtga qadar hayvonlarda oʻtkazilgan sinov natijalarini olish va Sogʻliqni saqlash vazirligidan klinik tadqiqotlar uchun ruxsatni kutish rejalashtirilgan.

Maksyutovning maʼlum qilishicha, ommaviy foydalanishdan oldin vaktsina laboratoriya sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtishi, ishlab chiqarilishga qoʻyilishi va dori vositasi shakliga keltirilishi kerak.

Buning ortidan turli klinikagacha va klinik tadqiqotlar, shuningdek roʻyxatga olish oʻtkaziladi.

Avvalroq Gamaleya Epidemiologiya va mikrobiologiya milliy ilmiy tadqiqot markazining direktori Aleksandr Gintsburg markazning vaktsinani ishlab chiqishda bevosita ishtirok etayotgan xodimlari, shuningdek, oʻzi ham emlatilganini va ularda himoya antitanachalari ishlab chiqilganini maʼlum qilgan edi.

Vaktsinatsiya protiv gepatita  - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiyaning toʻqqizta vaktsina ishlanmasi COVID-19ga “zarba beradi”

Rossiyada Sankt-Peterburg Vatsina va zardoblar ilmiy tadqiqot instituti olimlari ham koronavirusga qarshi vaktsina yaratish ustida ishlamoqdalar. Vaktsinani ishlab chiqish koʻplab boshqa mamlakatlarda ham amalga oshirilmoqda.

Gintsburgning soʻzlariga koʻra, rossiyaliklarni ommaviy emlash kuzning boshida boshlanishi mumkin va olti oydan toʻqqiz oygacha davom etadi.

Yangi koronavirus (COVID-19 kasalligini keltirib chiqaradigan) birinchi marta dekabrning oxirida Xitoyning Uxan shahrida aniqlandi. Mart oyi boshida BSST uning tarqalishini pandemiya deb tan oldi. Tashkilot maʼlumotlariga koʻra, dunyoda 5,3 million kishi yuqtirib olgan, 343 mingdan ziyod kishi vafot etgan.

Oʻzbekistonda kasallanganlar umumiy soni 3261 kishini tashkil etadi. Ulardan 2624 nafari davolandi. 13 kishi esa vafot etdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader