Tayvan Xitoyni nishonga oldi, AQSh esa bunda “nishonga olishga ko‘maklashuvchimi”?

© AFP 2023 / HANDOUTAmerikanskiy istrebitel F-16, vzletayushiy vo vremya ucheniy na voyenno-vozdushnoy baze Xualyan v Vostochnom Tayvane
Amerikanskiy istrebitel F-16, vzletayushiy vo vremya ucheniy na voyenno-vozdushnoy baze Xualyan v Vostochnom Tayvane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Taybey va Pekin o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashmoqda, bayonotlar va siyosiy harakatlardan qurol-yarog‘li to‘qnashuvgacha yetib bormoqda (hozircha majoziy ma’noda). AQSh esa doim olovga yog‘ sepishga tayyor. Koronavirus ham orol va XXR o‘rtasidagi munosabatlarni murakkablashtirmoqda.

Agar AQSh Pekinni barcha koronavirusga oid gunohlarda ayblashda davom etsa, Tayvanga nima bo‘ladi? Taybey Xitoy Vashington bilan yanada yaqin sherik bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun uzil-kesil orolni kuch bilan“qo‘shib olishga” urinishi mumkin deb o‘ylaydi. Darhaqiqat, ushbu vaziyatda Tayvan har qanday Xitoyga qarshi harakatlarning plasdarmiga aylanishi mumkin.

The South China Morning Post nashrining xabar berishicha, o‘zini faraz qilingan "tajovuzdan" himoya qilish uchun Tayvan o‘zining ballistik raketalarini Xitoyning qismi yetib borishi uchun takomillashtirishi mumkin. Aftidan, ular allaqachon raketalar sinovlarini o‘tgan oy o‘tkazib bo‘lgan.

Jiteli Uxanya yedut na parome cherez reku Yanszi - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy hukumati mahalliy hokimiyatlarga "kamharjroq bo‘lishni"ni tavsiya qildi

Umuman olganda, Taybey tezda qurollanmoqda: o‘z suv osti kemalari guruhini tuzib, Pekinni AQShdan ular uchun torpedalarni sotib olishlari mumkinligi bilan jig‘iga tegmoqda. OAVlarning yozishicha, orolda amerikalik sheriklarining yordamini kutgan holda Xitoyning qolgan qismidan o‘zini himoya qilish ssenariysini jiddiy o‘rganishmoqda.

Ammo Xitoy va AQSh uchun Tayvan nimani anglatadi? Savdolashish mavzusi. Agar kelajakda Vashington va Pekin savdo muammolari, siyosiy qiyinchiliklar va boshqa muammolarni yenga olishsa, amerikaliklarning Taybeyga homiyligi tez va jiddiy sustlashishi mumkin.

Qit’adagi Xitoyning mustaqil orolni kuch bilan jilovlab olish urinishi nazariy jihatdan ochiq qarama-qarshilikka olib kelishi mumkin, bu esa ishtirokchilarning har biriga nomaqbul. AQSh ham buni tushunadi va butun jangovar kuchi (yoki hatto qisman) bilan ham Tayvan uchun "turib berishi" dargumon. Eng muhimi, har qanday vaziyatda ham, Tayvanning o‘zining bunda omadi chopmaydi: yoki Pekin, yoki Vashington uning avtonomiyasini tortib oladi yoki u qarama-qarshiliklar maydoni va savdolashish vositasiga aylanadi.

Muallif Mariya Merkulova, Sputnik Radiosi

Yangiliklar lentasi
0