Jamiyat

Oʻzbekistonda soʻnggi 15 yil ichida mahbuslar soni ikki baravar kamaygan

© Sputnik / Ivan Rudnev / Fotobankka oʻtishOxrannыy perimetr minskoy ispravitelnoy kolonii
Oxrannыy perimetr minskoy ispravitelnoy kolonii - Sputnik Oʻzbekiston
Yaqin kunlarda Oʻzbekistonda mahsbuslar soni ochiqlanadi. Bu haqida Vazirlar mahkamasining qarorida aytib oʻtilgan.

TOSHKENT, 26 may — Sputnik. Inson huquqlari milliy markazi xabariga koʻra soʻnggi 15 yil ichida Respublikada qamoqxonalarda saqlanayotganfuqarolar soni 2 martaga kamaygan.

Ayni damda Oʻzbekiston qamoqxonalari oʻrtacha 80 %ga toʻlgan, ayrim muassasalar 30 %ga toʻldirilgan. 

Shuningdek, yaqin kunlarda Oʻzbekistonda mahsbuslar soni ochiqlanadi. Bu haqida Vazirlar mahkamasining qarorida aytib oʻtilgan. 

"Ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlgan jazoni ijro etish sohasida maxfiylikdan chiqariladigan maʼlumotlar 1-ilovaga muvofiq tasdqlansin", - deyilgan qarorda. 

Ayni damda ushu maʼlumotlar maxfiy hisoblanadi. Ushbu borada Oʻzbekiston dunyo tajribasini tatbiq etgan holda, mahbuslar sonini har 100 ming kishiga nisbatan hisoblaydi. 2018 yilda Oʻzbekistonda har 100 ming aholi soniga 140 nafar mahbus toʻgʻri kelgan edi. Bu 2017 yilga nisbatan 10%ga kam. Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ramazon hayiti arafasida 258 nafar mahbusni avf etgan edi. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala