Dunyoda

AQSH dunyoda oʻz nufuzini yoʻqotmoqda va pandemiya bu jarayonni yanada tezlashtirdi - Luzyanin

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Fotobankka oʻtishSergey Luzyanin rasskazal, chto ojidat ot sammita SHOS
Sergey Luzyanin rasskazal, chto ojidat ot sammita SHOS - Sputnik Oʻzbekiston
TIV Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti professori Sergey Luzyanin pandemiya AQShda qanday ichki muammolar borligini koʻrsatganligi, xalqaro maydonda amerikaliklarning qanday maqsadlari borligi va bularning hammasi qanday yakun topishi haqida mulohaza qildi.

Luzyanin taʼkidlashicha, Xitoy-AQSH munosabatlarining hozirgi keskinlashuvining sabablari koʻringanidan ancha chuqur, murakkab va tizimlidir.

Uning fikriga koʻra, albatta qisman AQSH prezidenti Donald Tramp oʻziga noyabr oyidagi saylovlar arafasida koʻproq manfaat yigʻish uchun Xitoy bilan raqobatni rivojlantirishga harakat qilmoqda.

Biroq, bu bunday siyosatning asosiy va yagona sababi emas, deydi ekspert.

"Asosiy sabablar birinchi boʻlib pandemiyadan halos boʻlgan va iqtisodiyoti tiklanayotgan Xitoy bilan AQShning geosiyosiy raqobati bilan bogʻliq. U AQSH uchun qoʻshimcha gʻazabga keltiruvchi omildir", - dedi Luzyanin "Rossiya segodnya" XAA'da boʻlib oʻtgan onlayn-konferentsiyasida.

Uning soʻzlariga koʻra, AQSH qasddan dunyo hamjamiyatida Xitoyga nisbatan salbiy munosabatni shakllantirishga harakat qilmoqda va garchi bu chaqiriq "mutlaqo asossiz" boʻlsa ham, "dunyo uchun va alohida mintaqalar uchun katta tahdid solmoqda".

Luzyanin amerikaliklarning BSST va boshqa xalqaro tashkilotlarga qarshi ayblovlari va hujumlari haqida gapirganda, barcha urinishlar natija bermasligini taʼkidladi.

"Amerikaliklar har qancha "parallel institutlar"ni yaratishni yoki oʻzlarining global boshqaruvlarini amalga oshirishni xohlashmasin, buning iloji yoʻq. Amerikaning asri asta-sekin tugamoqda va oʻtmishga gʻarq boʻlmoqda. Pandemiya bu jarayonlarni yanada kuchaytirdi", - dedi u.

Mutaxassisning toʻliq sharhini radiopodkastda tinglang.

Luzyanin: SSHA teryayut svoye vliyaniye v mire, i pandemiya obostrila etot protsess
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala