Dunyoda

Afgʻonistonda birdaniga 900 nafar "Tolibon" aʼzolari ozod qilindi

© AFP / Wakil KohsarZaklyuchennыe talibы vo vremya ix osvobojdeniya iz tyurmы Bagram, Afganistan
Zaklyuchennыe talibы vo vremya ix osvobojdeniya iz tyurmы Bagram, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston
Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani yaqin kunlarda ikki mingtagacha mahbus toliblarni ozod qilishni rejalashtirmoqda.

TOSHKENT, 27 may - Sputnik. Tolo News xabar berishicha, Afgʻoniston hukumati Ramazon hayitining birinchi kunida "Tolibon" (Rossiyada taqiqlangan) radikal harakatining birdaniga 900 aʼzosini  ozod qildi.

Chlenы terroristicheskogo dvijeniya Taliban v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Qobulning sabri tugadi: "Tolibon"ga urush eʼlon qilindi

"Ozod qilinganlar soni ikki mingga yetadi, ammo bu yogʻi "Tolibon"ga bogʻliq ... Zoʻravonlikning davom etishi tinchlik jarayoniga hissa qoʻsholmaydi", - dedi Djavid Feysal, Afgʻoniston milliy xavfsizlik kengashi vakili.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani Roʻza Hayiti munosabati bilan Afgʻonistonda uch kun davomida oʻt ochish rejimini toʻhtatishiga javoban ikki mingtagacha tolib asirlarni ozod etishga farmon bergan edi.

Keyinchalik, afgʻon hukumati toliblarni asirlarni ozod qilish uchun zamin yaratish uchun oʻt ochishni toʻxtatishni uzaytirishga chaqirdi va shu bilan birga, sulh mahbuslarni ozod qilinishi va muzokaralar bir-biri bilan bogʻliqligi va bir vaqtning oʻzida amalga oshirilishi kerakligini taʼkidladi.

Taʼkidlash joizki, fevral oyi oxirida AQSH va "Tolibon" Qatarda boʻlib oʻtgan marosimda tinchlik shartnomasini imzoladilar.

Kelishuv chet el qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketilishini va afgʻonlararo muloqotni boshlashni koʻzda tutadi. Biroq, tomonlar muzokaralar stoliga, mahbuslarni almashish jarayoni tugagandan keyingina oʻtirishlari kerak.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala