Analitika

Yevropa ittifoqi bosh diplomati Amerika asri tugaganini eʼlon qildi

© Sputnik / Aleksey Vitvitskiy / Mediabankka oʻtishSammit YES v Bryussele
Sammit YES v Bryussele - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Yevropa Ittifoqi tashqi siyosiy mahkamasi rahbari Jozep Borrel dunyo siyosatida mashhur boʻlgan: vaqtida sotish, oldindan koʻra bilishni anglatadi, degan naqlni amalda namoyish qildi.

Yevropaning koʻzga koʻringan diplomati, ehtimolki, geosiyosiy maydondagi vaziyatga yaxshilab nazar solib, Yevropa Ittifoqining yangi strategik kursini belgilash ayni vaqti ekanligini tushungan koʻrinadi. Bu kurs katta ehtimol bilan "Osiyo asri boshlandi!" shiori ostida oʻtadi.

Politolog Yuriy Svetov - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Svetov: pandemiyadan keyin YEI mamlakatlari oʻrtasidagi munosabat qayta koʻrib chiqiladi

Aslida, janob Borrel, yaqinda nemis diplomatlari bilan boʻlgan uchrashuvda "Osiyo davri" boshlangani haqida gapirgan edi. Bundan tashqari, Yevropa diplomatiyasi versiyasiga koʻra, amerika boshqaruvida boʻlgan dunyo tartiboti yakun topdi, tarixiy taraqqiyotning yangi sahifasi ochilayotgan bir vaqtda, Yevropa Ittifoqi endi oʻzi uchun sevimli boʻlgan amerika mustamlakasi roli bilan kifoyalanishni yoki omadi chopsa, kollektiv Eski Dunyo neokolonializm bilan shugʻullanishi uchun Afrika, yaqin Sharq va Sharqiy Yevropa singari anʼanaviy "ov joylari"ni darigʻ tutmaydigan Vashingtonning kichik sherigi roli bilan cheklanishga rozi emas.

Bryussel koʻprogʻini xohlamoqda va uning bu jurʼati oddiy izohlanadi: Vashington kuchdan qoldi, Yevropa Ittifoqi kuchlar muvozanati joy almashganini va Vashington - Pekin liniyasidagi oʻta shafqatsiz mojaro Yevropa Ittifoqi uchun ulkan imkoniyatlar darchasini ochayotganini, birlashgan Yevropa oʻrtasida turgan amerikalik satellitlar noroziligiga qaramay u bu imkoniyatlar darchasiga sakrab kirib olishi kerakligini tushunmoqda.

Myunxenskaya konferentsiya po bezopasnosti - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Myunxendagi drama: “AQSH boshchiligidagi global tartib tugadi”

Britaniyaning The Guardian nashri janob Borrelning chiqishida oʻz ifodasini topgan jurʼatli tezislarni keltirib oʻtmoqda.

"Analitiklar amerika (xalqaro munosabatlari - tahr.) tizimi nihoyasiga yetgani va Osiyo davri boshlangani haqida uzoq gapirishdi. Hozir bu bizning koʻz oʻngimizda roʻy bermoqda", — deya bayonot berdi Yeropaning bosh diplomati. Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqiga hozirda Vashington tomonidan ham, Pekin tomonidan ham ulkan diplomatik bosim oʻtkazilayotganiga shama qildi.

Yevropa ittifoqi yetakchi amaldorining "tarafkashlik masalasida bosim oʻtkazilayotgani" haqidagi arzlari oʻz-oʻzidan mojarolidir. Birinchidan Yevropa davlatlarini boshqaruvchi mamlakatlarda ayrim erkin shakldagi iroda borligini anglatadi, ikkinchidan, Yevropa ittifoqi umumiy qadriyatlar, transatlantik birdamlik va NATO shaklida umumiy xavfsizlik tizimiga taalluqliligi haqidagi gaplarga qaramay, fundamental geosiyosiy mojaroda Xitoy tomoniga oʻtishini va amerika bilan barrikadalarning qarama-qarshi tomonida boʻladi.

Spasskaya bashnya Moskovskogo kremlya - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Moskva — Vashington — Pekin: koronainqiroz "Katta uchlik" vujudga kelishini tezlashtiradi

Lekin bunda eng qizigʻi - Yevropa ittifoqining bosh diplomati tanlov masalasini qanday hal etishni taklif qilayotganidadir. U berayotgan taklifga koʻra, sayyoraning bosh derjavasi maqomiga daʼvogar ikki nomzod mojaroda Bryusselning Pekin yoki Vashington yonini olishdek bevosita ishtirokisiz oʻzaro munosabatlarga oydinlik kiritib olishlari kerak.

Katta hisob bilan Yevropa ittifoqi oʻzining yetakchi diplomati orqali suverenitet toʻgʻrisida deklaratsiya berdi.

Borrel versiyasiga koʻra, yevropaliklar "oʻz shaxsiy manfaatlari va qadriyatlariga amal qilishi, u yoki bu tomon instrumentiga aylanishdan qochishi zarur", bundan koʻrinib turibdiki u Pekin qoʻlida peshkaga aylanmoqchimas yoki Vashington qoʻlidagi peshka maqomida ham qolmoqchi emas.

Donald Tramp geosiyosiy bataliyalar maydonidan blok ishtirokidagi bunday dezertirlikdan mamnun boʻladi, deyish mushkul, axir u (nazariy jihatdan) AQShning eng sodiq vassali boʻlishi va amerikaning barcha geosiyosiy avantyuralarini qoʻllab-quvvatlashi lozim. Amerika prezidentiga yaqin doiradagi odamlar koʻp bora takrolaganidek, Pax Americana himoyasi - bu amerika taʼsiri va amerika gegemoniyasi himoyasini anglatadi - eng ustuvor jihat ham shu, unga nisbatan murosa qilib boʻlmaydi.

Amerikanskiy istrebitel F-16, vzletayuщiy vo vremya ucheniy na voyenno-vozdushnoy baze Xualyan v Vostochnom Tayvane - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Tayvan Xitoyni nishonga oldi, AQSH esa bunda “nishonga olishga koʻmaklashuvchimi”?

Shu maʼnoda Borrelning amerika davri tugagani, xuddi shu vaqtdan Osiyo davri boshlanayotgani haqidagi taʼkidi xoinlikdan boshqa qabilida qabul qilinmasligi ham aniq, buning uchun (siyosiy oʻzboshimchalik janrida chiqish qilgan) aniq bir diplomatni emas, Yevropa siyosiy elitasining barcha segmentini jazolash kerak. Axir ularku "oʻzimizga boshqa xoʻjayin topish vaqti kelmadimi", deb oʻylab Pekin bilan oʻynashmoqda yoki oʻtmishdagi buyukligi yodiga tushib, Yevropa ittifoqini yangi koʻpqutbli dunyoda mustaqil "kuch qutbi" sifatida eʼlon qilish haqida xayol surmoqda.

Shuni ham qayd etish joizki, Xitoyga nisbatan ham Borrel iliq soʻzlar topa olgani yoʻq, u kooperatsiya oʻrniga konfrontatsiyani maʼqul koʻrishiga shama qildi ham. "Bizga Xitoyga nisbatan yanada qattiqroq strategiya zarur, Osiyoning demokratik qismi bilan munosabatlar ham yaxshilanishni talab etadi", - dedi u.

Tramp AQSH ochiq osmon shartnomasidan chiqishi haqida eʼlon qildi - Sputnik Oʻzbekiston
Video
AQSH yana bir muhim shartnomadan chiqmoqda - bu dunyoga qanday xavf soladi

Xitoy bilan maʼlum toʻqnashuvlari (yoki haqiqiy qaynoq nuqtalari) boʻlgan Pekinga qoʻshni davlatlarga Yevropa ittifoqidan kutilmaganda diplomatik, iqtisodiy, shuningdek, ehtimol, texnologik va harbiy koʻmak kela boshlasa, bu Pekinga yoqib tushishi amrimahol.

Yevropa ittifoqini Osiyoga qaytarish singari ambitsiyali strategiyaning bosh muallifi, umuman olganda, Frantsiya prezidenti Makron ekanligini hisobga olib, shunday gumon paydo boʻlishi mumkinki, goʻyo Yevropa ittifoqi hozirgiga qaraganda xalqaro sahnada juda katta martaba va taʼsirga ega boʻlgan XX asrning sovuq urushi davridagi "sharafli kunlariga" qaytishga ham emas, balki birdaniga Yevropa derjavalari Osiyo mustamlakalarini oʻzaro boʻlib, oʻzlarining mustamlaka loyihalarida aql bovar qilmas pul shlagan XIX asrga qaytishni qoʻmsayotgandek.

Rukovoditel fraktsii LDPR v Gosudarstvennoy Dume RF Vladimir Jirinovskiy vыstupayet na plenarnom zasedanii Gosdumы RF. - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
AQSH ochiq osmon shartnomasidan chiqib urushga yoʻl ochmoqda - Jirinovskiy

Xitoyning Vashington bilan munosabatda maʼlum murakkabliklarga ega boʻlgan qoʻshnilariga allaqanday alternativ geosiyosiy "krыshani" taklif etish ayrim yevropalik siyosatchilarga genial fikrdek tuyulishi mumkin - "Osiyo asri" "Xitoy asri" boʻlishi shart emas, axir. Yevropa ittifoqi nuqtai-nazaridan kelib chiqadigan boʻlsak, bunda Eski Dunyo ushbu mintaqada juda koʻp foyda olishi mumkin, axir zamonaviy shart-sharoitda harbiy kuch qoʻllamasa ham boʻlaveradi.

Bir tomondan Yevropada bu singari geosiyosiy ambitsiyalarning favqulodda uygʻonishi kishini xursand qilmay qoʻymaydi: "kollektiv Gʻarb" tamomila darz ketadi, Yevropa ittifoqi esa bir emas, bir yoʻla ikki frontda - Xitoy bilan diplomatik kurash va AQSH bilan savdo urushida oʻziga sarguzasht izlamoqda. Lekin ikkinchi tomondan, bizda XX asrdan qolgan (qurilishida buyuk bobokalonlarimiz ishtirok etgan) xalqaro aloqalar va munosabatlarning qaysidir maʼnoda stabil tizimi uchun bir oz havotir hissi paydo boʻldi — oʻzaro ziddiyatlarni radikal yoʻl bilan hal qilish istagida yonayotgan yirik geosiyosiy oʻyinchilar istaklarini inobatga olgan holda, bu tizim koʻp yashamaydi, degan xatar mavjud.

Yangiliklar lentasi
0