Iqtisod

Iqtisodchi nima sababdan neft va gaz narxlari koʻtarilganini tushuntirdi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Fotobankka oʻtishSotrudnik valyutnoy birji
Sotrudnik valyutnoy birji - Sputnik Oʻzbekiston
Jahon bozorida neft va gaz narxlarining koʻtarilishi rentabellik chegaralariga yaqinlashuvi bilan bogʻliq - iqtisodchi.

TOSHKENT, 27 may - Sputnik. Iqtisodchi-ekspert Fuad Ibragimov neft va gaz narxlarining koʻtarilishi sabablarini tushuntirib berdi, Sputnik Ozarbayjon xabariga asosan. 

Iqtisodchi fikricha, gaz va neft narxlarining koʻtarilishiga butun dunyo boʻylab karantin tadbirlarining yumshatilishi sabab boʻlgan. 

"Yil boshida biz neft va gaz narxlarining pasayishi jarayonini kuzatdik, ammo maʼlum bir vaqga kelib gaz narxi pasayishi toʻxtadi, neft narxi pasayishi esa davom etdi", - deydi Ibragimov.

Bundan tashqari, gaz narxining pasayishi koʻplab ishlab chiqaruvchilar uchun "rentabellik chegaralari"ga yaqinlashuvi bilan bogʻliq boʻldi, AQShda esa burgʻulash faoliyatining pasayishi jarayoni roʻy berdi.

Nyu-York NYMEX tovar-xomashyo birjasidagi 1 iyunga yetkazib berish sharti boʻlgan tabiiy gaz fyucherslarining narxi 1 million BTU (British thermal unit – Britaniya issiklik birligi. – tahr.) uchun narx 4,58 foizga oʻsib, 1,711 dollarni tashkil etdi.

Fuad Ibragimov: protsess padeniya tsen nefti i gaza shel parallelno
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala