TOSHKENT, 27 may - Sputnik. Moskvada 24 iyun kuni boʻlib oʻtadigan Gʻalaba paradiga taklifnomalar MDH davlatlari yetakchilari uchun yangilanadi, deb xabar qildi jurnalistlarga RF prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov.
"Hozircha MDH davlatlari rahbarlariga Gʻalaba Paradiga taklifnomalar yangilanadi, degan kriteriy tarafdorimiz", - deb aytgan Peskov chet el yetakchilaridan kimlar 24 iyun kuni boʻlib oʻtadigan Paradga taklif etilgan, degan savolga javob berar ekan.
Ukraina MDHdan chiqdimi, degan savolga javoban Kreml vakili: "Agar bu siz uchun tushunarsiz boʻlsa, bizga qanday tushunarli boʻlishi mumkin?", - deya aytgan.
Hozirgi vaqtga qadar Qozogʻiston, Moldova va Abxaziya prezidentlari Vladimir Putinning Paradga taklifnomasini qabul qilganligi maʼlum.