ODKB Tojikistonda harbiy mashq o‘tkazishni rejalashtirmoqda

© Sputnik / Alexey Kudenko / Mediabankka o‘tishVoyennoslujashie vo vremya sovmestnix antiterroristicheskix ucheniy kollektivnix sil bistrogo reagirovaniya gosudarstv-chlenov ODKB na poligone "Xalkayer" v Tadjikistane
Voyennoslujashie vo vremya sovmestnix antiterroristicheskix ucheniy kollektivnix sil bistrogo reagirovaniya gosudarstv-chlenov ODKB na poligone Xalkayer v Tadjikistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
ODKB Tojikistonda harbiy mashq o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Tojik-afg‘on chegara hududida harakat qilish mashqlari bajariladi.

TOShKENT, 27-may — Sputnik. ODKBga a’zo davlatlar 2021-yilda Tojikistonda keng ko‘lamli harbiy mashq o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda ODKB bosh kotibi Stanislav Zas ma’lum qildi.

Flagi stran-uchastnis Organizatsii Dogovora o kollektivnoy bezopasnosti: Tadjikistana, Rossii, Kirgizii, Kazaxstana, Belorussii, Armenii i flag ODKB (sprava nalevo) - Sputnik O‘zbekiston
ODKB davlatlari biologik xavfsizlik bo‘yicha hamkorlikni ko‘rib chiqadilar

"Kelgusi yilda Tojikistonda ODKB davlatlari kuchlari bilan keng ko‘lamli mashqlar o‘tkazishni rejalashtirmoqdamiz, u yerda chegara mojarosida harakat qilish mashqlarini bajaramiz", - dedi u.

ODKB bosh kotibining so‘zlariga ko‘ra, ODKB ayni vaqtda tojik-afg‘on chegarasida terrorchi guruhlar, jumladan IShID (Rossiyada taqiqlangan) faolligi oshayotganini qayd etdi.

Shu munosabat bilan ODKB hozirda bu hududda chegaralarni mustahkamlash bo‘yicha turli choralarni ko‘rmoqda. ODKB chegara muammosiga jalb qilish maqsadida BMT va YeXHT bilan faol hamkorlik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Tojikistonda ODKB davlatlarining "Buzilmas birodarlik" mashqlari o‘tkazilgandi. ODKBning tinchlikparvar kuchlari qochqinlar lageri nazorat-o‘tkazish punktiga shartli guruhlar tomonidan qilingan hujumni qaytarishdi.

Tojikistonda oxirgi marta mashq Afg‘onistonda terroristlarning faolligi oshgani sababli o‘tkazilgandi.

Yangiliklar lentasi
0