Analitika

Rossiya ilk bor "Qiyomat kuni torpedasi"ni uchirishga tayyorgarlik koʻrmoqda

© Press-slujba Minoboronы RF / Fotobankka oʻtishPoligonnыe ispыtaniya kompleksa "Poseydon"
Poligonnыe ispыtaniya kompleksa Poseydon - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiyaning noyob pilotsiz suv osti majmuasi raqib hujumi sodir boʻlgan taqdirda javob zarbasini berishga kafolat beradi. Dunyoning eng texnologik rivojlangan davlatlari orasida faqat Rossiya bunday qurollarga ega.

RIA Novosti'ning Rossiya harbiy-sanoat majmuasidagi manbasining 26 may kuni xabar berishicha, "Poseydon" pilotsiz suv osti apparatining birinchi parvozi 2020 yilning kuziga rejalashtirilgan, ayni paytda eng soʻnggi tizimning tarkibiy qismlari va agregatlari sinovdan oʻtkazilmoqda. Bu parvoz "Belgorod" koʻp maqsadli atom suv osti kemasi (949A "Antey" loyihasidagi) bortida amalga oshiriladi, bu kema eng soʻnggi pilotsiz kemalarning birinchi sinov tashuvchisi hisoblanadi.

Ispыtaniye novoy ballisticheskoy raketы «Sarmat» - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Rossiyaga yangi qitʼalararo ballistik raketa nima uchun kerak

Eksperimental kema "Poseydon" uchun maxsus qayta ishlangan (loyiha 09852) va 2019 yil aprel oyida Severodvinskda suvga tushirilgan. Bu suv osti kemasining sinovlari 2021 yilgacha davom etadi va ular muvaffaqiyatli yakunlansa, "Poseydon"lar bilan jihozlangan "Belgorod" Rossiya dengiz floti tarkibiga kiradi.

Kelajakda qitʼalararo suv osti pilotsiz apparatlarning birinchi toʻlaqonli tashuvchisi - "Xabarovsk" atom suv osti kemasi (098531 loyihasi) boʻladi, u yozning boshida suvga tushirilishi rejalashtirmoqda, shundan soʻng sinovlar taxminan ikki yil davom etadi. Dunyoning hech bir mamlakatida "Poseydon" kabi tizimlar mavjud emas va undan himoya vositalari mavjud emas.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federal Kengashga 2018 yilda yoʻllagan murojaatda ushbu qurol ishlab chiqilganligini eʼlon qildi. "Poseydon" koʻp maqsadli okean tizimi - bu Pentagon va NATOning Sharqiy Yevropadagi hujum potentsialining xavfli toʻplanishiga, Rossiya Federatsiyasining mudofaa potentsialini yoʻq qilishga ishlatilishi mumkin boʻlgan AQShning raketaga qarshi mudofaa tizimini shakllantirilishiga Rossiyaning asimmetrik javobidir.

Rossiyaning oldindan koʻra olishlik xususiyati ortiqcha emasligi ayon boʻldi - 2019 yilda AQSH uydirma bahona bilan Oʻrta va qisqa masofali raketalarni yoʻq qilish toʻgʻrisidagi shartnomadan chiqdi, Strategik hujum qurollari toʻgʻrisidagi shartnomani yoʻq qilish uchun shart-sharoit yaratdi va 2020 yilga kelib harbiy byudjetini 750 milliard dollargacha oshirdi (boshqa barcha davlatlarning umumiy mudofaa xarajatlariga deyarli teng).

Aql bovar qilmas pilotsiz apparat

"Poseydon" - bu atom elektr uskunasiga ega strategik qitʼalararo chuqur dengiz apparati boʻlib, u 100 uzel (185 km/soat) tezlikda 1000 metr chuqurlikda 10 ming kilometrgacha masofani bosib oʻtishga qodir. "Poseydon" sinovlari noyob xususiyatlari va deyarli cheksiz pilotsiz suzish masofasiga ega ekanligini tasdiqladi.

Malыy raketnыy korabl proyekta 22800 (Karakurt) - Sputnik Oʻzbekiston
Kolumnistlar
Rossiya gʻarbiy chegaralarini mustahkamlash: “Karakurt” raketa kemalari nimasi bilan qiziq

24 metr uzunlikdagi, diametri 1,6 metr boʻlgan apparat anʼanaviy yoki megatonli termoyadroviy oʻq-dorilar bilan jihozlanishi mumkin va aviatashuvchi guruhlarni, suv osti kemalari strategik bazalarini va raqibning sohil infratuzilmasini yoʻq qilishga moʻljallangan. Okeanda bunday "torpedo"ni topish oson emas, past tezlikda u oʻta tovushsiz yuradi, ammo gidroakustik aloqada (aniqlanib qolganida) boʻlgan taqdirda ham undan himoyalanishning ilojisi yoʻq.

Pilotsiz rejimda "Poseydon" ehtimoliy raqibning barcha mavjud va istiqbolli suv osti kemalari, torpedalari va raketalari uchun erishib boʻlmas chuqurlik va tezlikda harakatlana oladi. Avtonom boshqaruv tizimi suv osti kemalariga qarshi tusiqlar yoki boshqa mudofaa tizimlarini topib, yengib oʻtishga imkon beradi. Bu daxlsizlik va aql bovar qilmas darajada zararli taʼsirni kafolatlaydi. Ushlab turishning juda jiddiy vositasi.

Rossiya ishlanmasi Amerika strategik qoʻmondonligini (STRATCOM) sinov bosqichidayoq xavotirga sola boshladi. Oʻtgan yil fevralda Kongressda boʻlib oʻtgan munozaralarda, STRATCOM rahbari Djon Xayten, "Poseydon" printsipial jihatdan yangi qurol tizimi sifatida SNV-3 shartnomasi cheklovlari ostiga tushmasligini va AQShda Rossiyaning yangi ishlanmasi analoglari ishlab chiqilmayotganligini taʼkidladi.

Kompleks PVO - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiya harbiylariga birinchi S-500 raketa tizimlari taqdim etiladi

Shundan keyin Amerika tomoni pilotsiz suv osti apparatlarini ham yadroviy qurol va boshqa tizimlar bilan bir qatorda, tartibga soluvchi yangi kelishuvga qiziqish bildirdi.

Avvalroq AQShda tahminiy nashrlar paydo boʻla boshladi: goʻyo-ki global mojaro yuzaga kelganda, suv osti tashuvchisi AQSH qirgʻoqlariga 100 megonlik termoyadroviy qurolini yetkazishga qodir, u tsunamini keltirib chiqarib aviatashuvchilar, mudofaa zavodlari va butun boshli shaharlarni yuvib tashlaydi. Shunday qilib, pilotsiz "Poseydon" xizmatga qilinmasdan oldin ham xalqaro vaziyatga va qisman Rossiyaga doʻstona munosabatda boʻlmagan bir qator mamlakatlar harbiy rahbariyatining qarorlariga taʼsir koʻrsatdi. Ammo biron bir jiddiy sababsiz (masalan, RFga tajovuz aktsiyasi) "Poseydon" hech qachon ishga tushurilmaydi.

Sirli "Xabarovsk"

"Xabarovsk" soʻnggi suv osti kemasi, ehtimol, Rossiyaning eng katta harbiy sirlaridan biridir. Ochiq manbalardagi maʼlumotlarga koʻra, kema tubdan yangi atom elektr qurilmasi bilan jihozlangan va oltita pilotsiz "Poseydon"larni tashishga qodir, bu torpedolar Gʻarb matbuotida "Qiyomat kuni torpedalari" deb nomlanadi.

Situatsiya v Sirii. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Isroil vertolyotlari Suriyaga raketa hujumini amalga oshirdi

Suv xajmi 10 ming tonna, 32 uzelgacha tezlik, 500 metr chuqurlikgacha shoʻngʻish, 120 kunlik avtonomlik, kamida 100 kishilik ekipaj. Suv osti kemasi korpusi "Borey" soʻnggi strategik raketa tashuvchisiga oʻxshaydi. "Xabarovsk"ning asosiy xususiyatlari maxfiy. Rossiya Harbiy-dengiz floti Shimoliy va Tinch okeani flotlari tarkibida ikkitadan "Poseydon" suv osti tashuvchisi boʻlishini rejalashtirmoqda.

Bu Rossiyaning butunlay yangi avloddagi suv osti strategik qurollar tizimidir. Atom suv osti kemalari va strategik "Qiyomat kuni torpedalari"ning "ikki tomonlama maxfiyligi", uzoq muddatli istiqbolda AQSH va NATO quruqlik, dengiz va kosmosda "oʻtib boʻlmaydigan" raketalarga qarshi mudofaa tizimini yaratishga erishganda ham, samarali javob qaytaruvchi yadroviy zarbasini ishonchli kafolatlaydi.

"Poseydon" - bu Rossiyaning texnologik ustunligini tasdiqlovchi yagona dalili emas, balki ehtimoliy raqibga juda taʼsirli va xushga keltiruvchisidir. Ammo Rossiya Federatsiyasi tahdidlarni talvasali holatda keltirishdan yiroqda. Bundan tashqari, dunyoda strategik barqarorlikni mustahkamlash uchun Moskva Rossiyaning soʻnggi strategik qurol tizimlarining imkoniyatlarini inobatga olgan holda, dunyoda barqarorlikka erishish uchun gʻarblik hamkorlari bilan adolatga asoslangan shartnomaviy majburiyatlarini muhokama qilishga tayyor.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala