Jamiyat

Toshkent - Andijon yoʻnalishida qoʻshimcha poyezd qatnay boshladi

© MintransportaNachal kursirovat dopolnitelnыy poyezd Tashkent - Andijan - Tashkent
Nachal kursirovat dopolnitelnыy poyezd Tashkent - Andijan - Tashkent - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkent va Andijon orasida qoʻshimcha poyezd qatnovi boshlandi. Poyezd maxsus komissiya tomonidan tasdiqlangan vaqtinchalik tartibga rioya qilgan holda amalga oshirilmoqda. 

TOSHKENT, 27 may - Sputnik. Toshkent - Andijon yoʻnalishida qoʻshimcha poyezd qatnovi boshlandi, deb xabar qilmoqda Transport vazirligi matbuot xizmati. 

"2020 yil 26 maydan boshlab "Toshkent – Andijon – Toshkent" yoʻnalishida 62/61-sonli yoʻlovchi poyezdi harakati qayta tiklandi", - deyilgan xabarda. 

Mazkur poyezd qatnovi Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tasdiqlangan karantin davrida mahalliy yoʻnalishlarda temir yoʻl qatnovlarini yoʻlga qoʻyishning Vaqtinchalik tartibiga rioya qilgan holda amalga oshirilmoqda. 

Yoʻlovchilar chiptalarni elektron tarzda ham xarid qilishlari mumkin, faqat poyezdga chiqishdan oldin yoʻl varagʻini toʻldirishlari va Vaqtinchalik oʻrnatilgan tartibga xamda sanitariya gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya qilishlari talab qilinadi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala