Dunyoda

Tojik-qirgʻiz chegarasida yana otishma: Tojikiston fuqarosi yarador boʻldi

© Foto / press-slujba GPS KRPogranichniki na kыrgыzsko-tadjikskom uchastke gosudarstvennoy granitsы
Pogranichniki na kыrgыzsko-tadjikskom uchastke gosudarstvennoy granitsы - Sputnik Oʻzbekiston
Qirgʻiziston fuqarosi Tojikistonning Chorkuh qishlogʻida istiqomat qiluvchi ayolni oʻqqa tutgani aytilmoqda. Ayol kasalxonaga yotqizilgan.

TOSHKENT, 27 may — Sputnik. Bugun, 27 may kuni mahalliy vaqt bilan soat 11:55 da ilgari imzolangan bitimga xilof ravishda tojik-qirgʻiz chegarasida navbatdagi mojaro yuzaga keldi.

Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi Chegara qoʻshinlari matbuot xizmati xabariga koʻra, Qirgʻizistonning Koʻktosh qishlogʻida istiqomat qiluvchi fuqaro Tojikistonning Chorkuh qishlogʻida istiqomat qiluvchi fuqaroni oʻqqa tutgan. Natijada ayol oʻng bilagidan yarador boʻlgan va kasalxonaga olib ketilgan. Shifokorlar uning ahvolini oʻrtacha ogʻir deb baholamoqda.

Pogranichniki na slujbe - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Tojik-qirgʻiz chegarasida otishma roʻy berdi

Tojikiston MXDQ Qirgʻiziston fuqarosining ushbu provakatsion xatti-harakatlarini davlat chegarasidagi vaziyatni sunʼiy beqarorlashtirishga urinish deb baholagan va bu Tojikiston aholisining javobiga sabab boʻlishini mumkinligini taʼkidlagan.

Hozirgi vaqtda hodisa joyida vaziyatni normallashtirish uchun aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib bormoqda.

Qirgʻiz  tomonining ushbu hodisa yuzasidan bayonoti hozircha eʼlon qilinmagan.

Eslatib oʻtamiz, 24 may kuni ham Qirgʻiziston va Tojikiston chegarasida navbatdagi qisqa otishma sodir boʻlgani xabar qilingan edi. Bundan tashqari, 8 may kuni ham tojik-qirgʻiz chegarasida qurolli mojaro kuzatilgan. Natijada Qirgʻiziston Tojikiston elchisiga, Tojikiston esa Qirgʻiziston elchisiga protest notasini topshirgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala