Iqtisod

Uzbekistan Airways ikkita vertolyotini sotuvga qoʻydi

Uzbekistan Airways ikkita vertolyotini 2,5 million dollarga sotuvga qoʻydi. Ular 1991 va 1992 yillarda ishlab chiqarilgan.

TOSHKENT, 27 may — Sputnik. Uzbekistan Airways AJ ishlatishdan chiqarilgan aviatsiya texnikasini sotuvga qoʻydi. Bu samolyot parkini yanada unifikatsiya va modernizatsiya qilish loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar qilmoqda.

Samolet Boeing 757-231 aviakompanii Uzbekistan Airways v mejdunarodnom aeroportu Vnukovo imeni A. N. Tupoleva. - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Uzbekistan Airways 4 ta Boeing samolyotini sotuvga qoʻydi

Sotuvga qoʻyilgan texnikalar orasida 1991 yilda ishlab chiqarilgan MI-8MTV-1 (narxi 1 224 904 dollar) va 1992 yilda ishlab chiqarilgan xuddi modeldagi (narxi 1 274 265 dollar) vertolyotlar bor  

Shuningdek, sotuvga aviatsiya dvigatellari qoʻyilgan.

Eslatib oʻtamiz, prezident huzurida boʻlib oʻtgan yigʻilishda Uzbekistan Airways kompaniyasini nufuzli xorijiy kompaniya boshqaruviga berish masalasi koʻrib chiqilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala