Dunyoda

"Oʻz yurtini oʻzlari himoyalasin": Tramp Afgʻonistondan amerika qoʻshinini chiqarishga chorladi

© Official U.S. Navy PageVoyennoslujaщiye NATO osuщestvlyayut posadku v vertolet
Voyennoslujaщiye NATO osuщestvlyayut posadku v vertolet - Sputnik Oʻzbekiston
Aprel oyi oxirida AQSH prezidenti Donald Tramp oʻz maslahatchilari bilan suhbatda Afgʻonistondan amerika qoʻshinlari toʻliq tarkibda olib chiqib ketilishini deyarli har kuni talab qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi

TOSHKENT, 27 may – Sputnik. AQSH prezidenti Donald Tramp amerika askarlarini vatanga qaytarishga chorlamoqda. Trampga koʻra, afgʻonlar oʻz mamlakatlarini oʻzlari himoyalashi lozim boʻlgan vaqt keldi.

Zaklyuchennыe talibы vo vremya ix osvobojdeniya iz tyurmы Bagram, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Afgʻonistonda birdaniga 900 nafar "Tolibon" aʼzolari ozod qilindi

"Afgʻonistonda oʻzimiz oʻylayotgan singari jangovar kuch emas, politsiya sifatida harakat qilmoqdamiz. Oradan 19 yil oʻtib, ular (afgʻonlar - tahr.) oʻz mamlakatlarida politsiya xizmatini oʻzlari olib boradigan vaqt keldi. Bizning askarlarimizni uyga qaytaring, lekin roʻy berayotgan voqealarni diqqat bilan kuzating, agar zarurat boʻlsa, avvalgidan ham shiddatliroq kurash olib boring", - deb yozgan Tramp Twitterda.

Aprel oyi oxirida NBC telekanali oʻz manbasiga tayangan holda AQSH prezidenti Donald Tramp oʻz maslahatchilari bilan suhbatda deyarli har kuni Afgʻonistonda koronavirus epidemiyasi avj olishi mumkinligi havotirida amerika qoʻshinlari mamlakatdan toʻliq tarkibda olib chiqib ketilishini talab qilayotgani haqida xabar bergan edi.

Fevral oyining oxirida Qatarda boʻlib oʻtgan marosimda AQSH va "Tolibon" radikal harakati 18 yil deganda birinchi marta tinchlik haqida bitim izoladilar. Bitim 14 oy mobaynida Afgʻonistondan chet el qoʻshinlari toʻliq chiqarilishini va mart oyida oʻzaro asir almashinuvidan soʻng afgʻonlararo muloqot boshlanishini koʻzda tutadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala