AQSh o‘z neftidan mahrum bo‘lishi mumkin

© AP Photo/Sue OgrockiDobicha nefti v SShA
Dobicha nefti v SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerikaliklar neft qazib olishda rekord darajadagi qulash arafasida turishibdi, deya yozadi RIA Novosti kolumnisti.

TOShKENT, 28-may - Sputnik, Natalya Dembinskaya. Amerikaliklar neft qazib olishda rekord darajadagi qulash arafasida turishibdi. Mamlakatda gaz va neft burg‘ulash qurilmalari soni tarixiy pasayish darajasiga tushib qoldi, kompaniyalar ommaviy ravishda bankrotlikka hujjat topshirib, o‘z faoliyatini to‘xtatmoqdalar. Natijada AQSh slanes sanoatining uchdan bir qismini yo‘qotishi mumkin. Qayta tiklashga yana ko‘p yillar kerak bo‘ladi. Qulash nima sababdan muqarrarligi - RIA Novosti materialida.

Burg‘ulashning rekord darajada qisqarishi

2019 yilda amerikaliklar Rossiya va Saudiya Arabistonini ortda qoldirib, neft qazib olishda yetakchi bo‘lishdi, - slanes nefti yordam berdi. 70-yil ichida birinchi bor AQSh qora oltinning netto-eksportchisiga aylandi.

"Neft sanoatida har hil kutilmagan hodisalar yuz berishi mumkin - slanes inqilobi neft narxini ag‘dar-to‘ntar qildi, ishlab chiqarish va savdo oqimlari tubdan o‘zgardi", - degan edi o‘shanda prezident kichik Jorj Bushning sobiq energetika masalalari bo‘yicha maslahatchisi va "Rapidan Energy" konsalting kompaniyasi rahbari Bob Maknelli.

Emir Katara Tamim ben Xamad Al Tani - soveshaniya po vzaimodeystviyu i meram doveriya v Azii (SVMDA)  - Sputnik O‘zbekiston
Yangi tahdid: Qatar gaz urushini boshlashga tayyor

Ammo slanes sanoatining keskin sekinlashishi oldindan bashorat qilingan: rekordlar uchun quduqlar zahiralari kamayishi, infratuzilmaga katta xarajatlar va investitsiyalarning yetishmasligi bilan to‘lashga to‘g‘ri keldi.

Muammolar 2021-yilda paydo bo‘ladi deb taxmin qilishgan, ammo koronavirus pandemiyasi zarba berdi. Energiya tashuvchilarga talab va neft narxlari quladi. Birinchi navbatda, qarzga botgan va investitsiyalarning keskin yetishmovchiligini boshdan kechirayotgan slanes ishlab chiqaruvchilari jabr ko‘rdi.

May oxirida, neft va gaz sohasida xizmat ko‘rsatuvchi "Baker Hughes" kompaniyasi ma’lum qildi: AQShda amaldagi neft va gaz burg‘ulash qurilmalari soni kuzatuvlar tarixidagi minimal darajaga tushdi. Amalda faqat 318 qurilma, bir yil oldin 983 bo‘lgan.

Qazib olishning uchdan birini yo‘qotadi

ShaleProfile Analytics prognoziga ko‘ra, AQSh slanes nefti qazib olishning uchdan bir qismini yo‘qotadi.

Inqiroz sohaning eng asosiy muammolaridan birini – qazib olish texnologiyalari hususiyatlari tufayli quduqlarning tez yemirilishini kuchaytirdi. Burg‘ulash ishlari tugashidan ko‘p o‘tmay, slanes konlarida qazib olish pasayadi va avvalgiday mahsuldorlik haqida gap bo‘lmaydi ham. Buni qoplash uchun doimiy ravishda yangi quduqlar kerak. Ammo joriy vaziyatda bu imkonsiz: kompaniyalar ommaviy ravishda bankrotlikka hujjat topshirmoqda.

Haynes & Boone ma’lumotlariga ko‘ra, yil boshidan beri qariyb 14 milliard dollarlik qarzdorlikka ega 17 ishlab chiqaruvchi bankrotlik bo‘yicha ish qo‘zg‘atdi.

Ular qatorida eng yirik slanes ishlab chiqaruvchilardan biri bo‘lgan Whiting Petroleum, California Resources va Chesapeake Energy kabi gigantlar. May oyining oxirida, Unit kompaniyasi ham Xustondagi bankrotlik ishlari bo‘yicha sudga hujjatlarini topshirdi.

Sotrudnik valyutnoy birji - Sputnik O‘zbekiston
Iqtisodchi nima sababdan neft va gaz narxlari ko‘tarilganini tushuntirdi

Dallas Federal Rezerv Bankining (FRB) tadqiqotiga ko‘ra, G‘arbiy Texasdagi nisbatan arzon Permian slanes havzasida ham rentabellik uchun neftning bir barreli uchun o‘rtacha 49 dollarlik narxi kerak. FRBning bashoratiga ko‘ra neft narxining 40 dollar darajasida bir yil davimida atigi 15% ishlab chiqaruvchi omon qolishi mumkin.

Slanes ishlab chiqaruvchilarni qutqarib qolishi mumkin bo‘lgan qimmatlashish kutilmayapti.

AQSh Energetika ma’lumotlari ma’muriyatining (EIA) prognoziga ko‘ra, 2020-yilda Brentning o‘rtacha narxi 2020-yilda 34,13 dollarni va 2021-yilda 45,62 dollarni, G‘arbiy Texasning WTI narxi - bu yil 30,10 va keyingi yilda 43,31 ni tashkil qiladi.

Tiklanish uchun uzoq yillar

Natijada, tahlilchilar AQShda slanes ishlab chiqarish kuniga besh million barreldan ham pastroqqa tushishi mumkinligini taxmin qilmoqdalar. The Wall Street Journal ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatning 15 ta yirik slanes kompaniyasi yangi konlarni o‘zlashtirishga ajratilgan budjetni o‘rtacha 48 foizga qisqartirdi. Pandemiya sabab talab pasayishi sharoitida ular oldingi ishlab chiqarish hajmlariga qaytish imkoniyatiga ega emaslar. «Ehtimol, ular yana avvalgi darajalarga ko‘tarilishiga yillar kerak bo‘ladi, agar ular umuman tiklana olsalar, albatta”, - deya ta’kidlaydi nashr.

Shunday qilib, amerikaliklar katta qiyinchilik bilan erishgan yetakchilikdan mahrum bo‘lishlari mumkin. Ularda buning oldini olish uchun qo‘llarida "keraklicha vosita mavjud emas ", deydi mutaxassislar.

Vid goroda Er-Riyad - stolisi Saudovskoy Aravii - Sputnik O‘zbekiston
Ar-Riyod neft bozorida revolyutsiya tayyorlamoqda - ekspert

"Amerikaning bu yilning o‘zida birinchilikni yo‘qotishi deyarli kafolatlangan, - deydi Emirates NBD homashyo bozorlari tahlilchisi Edvard Bell CNBCga. – Va bu biz kutgandan ham ertaroq bo‘lishi mumkin".

"Koronavirus pandemiyasi neft sanoatini vayron qildi, bu benzin, aviatsion va dizel yoqilg‘isiga talabning tez va misli ko‘rilmagan darajada pasayishiga olib keldi. Bunga yana Rossiya va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi "narxlarning epik urushi" va Amerika neft kompaniyalari balansidagi katta qarzlar qo‘shildi", - deya ta’kidlamoqda Bloomberg Intelligence tahlilchilari.

Buning ustiga, amerikalik slanes ishlab chiqaruvchilari "yutib yuboruvchi ovchilari" uchun oson o‘lja bo‘lib qolishi mumkin. Asosiy xavf Xitoyning tiklanayotgan iqtisodiyoti va arzonlashib ketgan xorijiy aktivlarga qiziqishi bilan bog‘liq.

Amerikadagi neft konlarining o‘rtacha narxi neftning bir barreli 60 dollarga teng bo‘lgan vaqtdagiga nisbatan ikki baravar arzonladi: 42 mingdan 20 ming dollargacha. Va Vashingtonda Xitoyning vayron bo‘lgan energetika sektoriga bostirib kirishidan juda xavotirlanishmoqda.

Dobicha nefti v SShA - Sputnik O‘zbekiston
Barreliga 1000 dollardan: Amerika rejasi neft bozorini larzaga solmoqda

"Texasda va undan tashqarida muammoli slanes kompaniyalarini dushman mamlakatlari tomonidan sotib olinishi istiqbollari milliy xavfsizlik uchun jiddiy muammo", - deyishadi Texasdagi neft regulyatorlari.

Xitoyliklar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yutib yuborilishi ham dargumo – chunki hukumat bunga yo‘l qo‘ymaydi, buni aylanib o‘tish yo‘llari ham mavjud. Masalan, nostrategik aktivlarning bir qismini sotib olish yoki qo‘shma korxonalar tuzish.

Yangiliklar lentasi
0