Hodisalar

Fargʻona viloyatida bir guruh “Hizb ut-Tahrir”* aʼzolari ushlandi

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Fotobankka oʻtishPrestupnik za reshetkoy
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik Oʻzbekiston
Ularning yashash manzillarida ekstremistik mazmundagi adabiyotlar mavjudligi aniqlangan va ular belgilangan tartibda musodara qilingan.

TOSHKENT, 28 may — Sputnik. 2020 yilning may oyida Fargʻona viloyatida istiqomat qiluvchi Oʻzbekistonda faoliyati taqiqlangan “Hizb ut- Tahrir”* terrorchilik tashkilotini bir guruh aʼzolarining jinoiy faoliyatiga chek qoʻyildi. Bu haqda IIV xabar qilmoqda.

V Uzbekistane zaderjanы chlenы techeniya Djixadistы - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Poytaxt va Toshkent viloyatida xalqaro terroristik tashkilotining 21 nafar aʼzosi ushlandi

Mavjud maʼlumotlarga koʻra, ular muqaddam ushbu tashkilotiga aʼzo boʻlganliklari uchun jazo muddatini oʻtab chiqishgan. Ularga koʻrsatilayotgan ijtimoiy, huquqiy va maʼnaviy koʻmakka qaramasdan hamfikrlari bilan jinoiy til biriktirib, aholi orasida “Hizb ut-Tahrir”* gʻoyalarini va adabiyotlarini tarqatish, muqaddam jazo muddatini oʻtab chiqqan “tahrirchilar”ni jinoyatga jalb qilish orqali tashkilot safini kengaytirishga qaratilgan xatti-harakatlarni sodir etishgan.

Hibsga olingan shaxslarning yashash manzillarida ekstremistik mazmundagi adabiyotlar mavjudligi aniqlangan va ular protsessual tartibda xolislar ishtirokida rasmiylashtirilib olib qoʻyilgan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Ularning Andijon, Fargʻona, Namangan, Toshkent, Surxondaryo viloyatlari va Toshkent shahrida istiqomat qilayotgan jinoiy aloqalarini aniqlash va tergov harakatlariga jalb qilishga qaratilgan surishtiruv tadbirlari amalga oshirilmoqda.

* Qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala