Farg‘onada yuk mashinasi eshak aravani bosib ketdi – qurbon bor

Obuna bo‘lish
Eshak aravada bo‘lgan 46 yoshli fuqaro hodisa joyida qurbon bo‘lgan. Uning 13 yoshli o‘g‘li turli ko‘rinishdagi tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

TOShKENT, 28-may — Sputnik. Farg‘onada yuk avtomashinasi eshak aravani urib yuborishi natijasida bir kishi qurbon bo‘ldi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi 26-may kuni Buvayda tumani Yangiqadam qishlog‘i hududidan o‘tgan O‘sh-Toshkent A-373 avtomobil yo‘lining 215 kilometrida sodir bo‘lgan. “MAN” yuk mashinasining 28 yoshli haydovchisi Toshkent shahar yo‘nalishida harakatlayotib, yo‘lning o‘ng chetida eshakka ulangan aravada borayotgan 46 yoshli J.E. va uning voyaga yetmagan farzandi 13 yoshli Z.J.larni urib yuborgan.

© Sledstvenniy departament pri MVD Respubliki UzbekistanGruzovoy avtomobil nayexal na povozku
Farg‘onada yuk mashinasi eshak aravani bosib ketdi – qurbon bor - Sputnik O‘zbekiston
Gruzovoy avtomobil nayexal na povozku

Mazkur YTH oqibatida eshak aravada bo‘lgan J.E. hodisa joyida vafot etgan, Z.J. esa turli ko‘rinishdagi tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston JKning 266-moddasi 2-qismi (Odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0