Dunyoda

Italiyada Yevropada birinchi boʻlib COVID-19ga chalingan erkakka oʻpka koʻchirib oʻtkazildi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Fotobankka oʻtishMeditsinskiye rabotniki v krasnoy zone gospitalya
Meditsinskiye rabotniki v krasnoy zone gospitalya  - Sputnik Oʻzbekiston
Operatsiya oʻn soatcha davom etgan. Uni ikkita operatsiya brigadasi oʻtkazgan, yana bitta brigada istalgan vaqtda ishga kirishish uchun tayyor holatda turgan.

TOSHKENT, 28 may – Sputnik. Milanning eng mashhur "Polikliniko" kasalxonasi shifokorlari Yevropada birinchi boʻlib yosh erkakka ikkala oʻpkani koʻchirib oʻtkazish boʻyicha jarrohlik amaliyotini amalga oshirdilar. Erkak sal oldin COVID-19ga chalinganligi uchun kasalxonaga yotqizilgan boʻlgan, deb xabar berdi RIA Novosti.

Flag Turtsii - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Turkiya Oʻzbekistonga 50 dona IVL apparat yubordi

Payshanba kuni Focus mahalliy nashri tarqatgan xabarga koʻra, operatsiya oʻn kun avval muvaffaqiyatli amalga oshirilgan va hozirda bemor ahvoli tibbiyot xodimlarida havotir uygʻotmayapti. Xabarda aytilishicha, 18 yashar, sportchilarga xos tana tuzilishiga ega italiyalik hech qanday surunkali kasalliklarga chalinmagan, ammo COVID-19ga chalingach, ikki oy vaqtni "San-Raffael" gospitalining jonlantirish boʻlimida oʻtkazgan.

U shu vaqt davomida IVL apparatiga ulangan boʻlgan, sababi koronavirus uning oʻpkasini deyarli yoʻq qilgan. Shifokorlar yuzaga kelgan vaziyatda yosh bemorni faqatgina oʻpka transplantatsiyasi qutqarishi mumkin, degan xulosaga keladilar.

"Oʻpkani koʻchirib oʻtkazish - bu har doim murakkab jarrohlik amaliyoti sanaladi, lekin uni COVID-19ni boshdan kechirgan va ogʻir ahvolda boʻlgan bemorda oʻtkazish biz uchun jiddiy chaqiriq boʻldi", - deb hikoya qilgan jurnalistlarga "Polikliniko"ning tezkor torakal jarrohlik xizmati direktori Mario Nozotti.

Flagi stran uchastnits SNG - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
MDH hukumat rahbarlari koronavirusga qarshi kurash masalalarini muhokama qiladi

Shifokorlar jarrohlik oldidan bemorga COVID-19ga qarshi davolash kursini oʻtkazganlar. Faqatgina virus chekinganiga amin boʻlgach, ular mos keladigan donorni izlashga kirishgan va bu ikki hafta vaqtni olgan.

Nozottining soʻzlariga koʻra, operatsiya oʻn soatcha davom etgan. Uni ikkita operatsiya brigadasi oʻtkazgan, yana bitta brigada istalgan vaqtda ishga kirishish uchun tayyor holatda turgan.

"Bemorda koronavirusga oʻtkazilgan test manfiy javob bergani bilan, biz medpersonalni ehtimoliy infektsiyalashdan himoyalash uchun barcha choralarni koʻrdik. Albatta, maxsus himoya niqoblari, ventilyatsiyali himoya shlemlari va ikkitalik qoʻlqoplarda ishlash jarrohlar uchun qoʻshimcha qiyinchiliklar tugʻdirdi. Ammo shunga qaramay, operatsiya muvaffaqiyatli oʻtdi va undan soʻng bemor intensiv davolash boʻlimiga oʻtkazildi va hozirgacha oʻsha yerda boʻlib turibdi", - deb xabar qildi Nozotti.

Bemor hushida, unda mustaqil nafas olish funktsiyalarini tiklash maqsadida fizioterapiya oʻtkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala