Dunyoda

Xitoy Gonkongdagi vaziyatni BMT Xavfsizlik Kengashida muhokama qilishdan bosh tortdi

© REUTERS / Mike SegarZasedaniye Soveta bezopasnosti OON. Arxivnoye foto
Zasedaniye Soveta bezopasnosti OON. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya delegatsiyasi ham Xitoyning "Gonkongdagi vaziyat Xitoyning ichki ishi va bu masala BMT Xavfsizlik Kengashi vakolatiga kirmasligi" haqidagi pozitsiyasini qoʻllab-quvvatladi.

TOSHKENT, 28 may - Sputnik. Xitoy Gongkong atrofidagi vaziyatni BMT Xavfsizlik Kengashida muhokama qilishni rad etdi, bu AQShning ushbu tashkilotdagi doimiy vakolatxonasi bergan izohidan maʼlum boʻldi.

Oʻz navbatida, XHRning BMTdagi doimiy vakili Chjan Tszyun tvitterda "Xitoy AQShning Xavfsizlik Kengashi yigʻilishini oʻtkazish haqidagi asossiz soʻrovini qatʼiyan rad etadi" deb yozdi. Uning soʻzlariga koʻra, Gonkongning milliy xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonuni faqat Xitoyga taalluqli ichki ishi.

"Bu Xavfsizlik Kengashining faoliyati doirasiga aloqasi yoʻq", - deya taʼkidladi diplomat.

Xitoy doimiy vakilining soʻzlariga koʻra, "dalillar AQSH dunyodagi muammolar manbai ekanligini koʻp bora isbotlaydi". "Xitoy AQShni zoʻravonlik siyosati va tahqirlash amaliyotini darhol toʻxtatishga chaqirmoqda", - deya qoʻshimcha qildi u.

RIA Novosti agentligiga BMTdagi manbaning soʻzlariga koʻra, Rossiya delegatsiyasi Pekinning Gonkongdagi vaziyat Xitoyning ichki ishi va bu masala BMT Xavfsizlik Kengashi vakolatiga kirmasligi boʻyicha pozitsiyasini qoʻllab-quvvatladi.

Goroda mira. Gonkong - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Xalq uchun afyun: Gonkongda tarix oʻqituvchisi Britaniyani oqlamoqchi boʻldi

Gonkongning hukumatga qarshi kuchlari va bir qator Gʻarb rasmiylarining noroziligi Butun Xitoy Xalq Kongressi (Xitoyning asosiy qonun chiqaruvchi organi) tomonidan "Gonkong maxsus maʼmuriy hududida milliy xavfsizlikni taʼminlash uchun huquqiy tizim va ijro mexanizmlarini yaratish va takomillashtirish toʻgʻrisida qaror" koʻrib chiqilganligi sababli yuzaga keldi. Muxtoriyat uchun maxsus ishlab chiqilgan qonun loyihasida markaziy hukumatni agʻdarishga qaratilgan terrorchilik, tashqi aralashuv va separatistik faoliyatga qarshi kurashuvchi, shuningdek har qanday qoʻzgʻash shakllari taqiqlanishi kerak.

Avvalroq, AQSH prezidentining milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Robert O`Brayen, agar Pekin Gonkongni milliy xavfsizlik toʻgʻrisidagi qonun loyihasi orqali "ishgʻol qilsa", Xitoyga qarshi sanktsiyalar kiritish bilan tahdid qilgan edi.

Chorshanba kuni AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo Kongressga Gonkongning XHRdan muxtoriyati yoʻqligi toʻgʻrisida xabar berdi, 1997 yilda bu hudud Buyuk Britaniyadan Xitoy hukumatiga berilganida bunday muxtoriyat koʻzda tutilgan edi.

Avvalroq AQSH hukumati Gonkongga nisbatan xatti-harakatlari uchun Xitoy hukumatiga qarshi sanktsiyalarni qoʻllash masalasini koʻrib chiqayotganligini maʼlum qilgan edi. Keyinroq, Xitoy AQSH rasmiylarining Gonkong milliy xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonun loyihasi boʻyicha bayonotlari tufayli AQShga javob taqdim etdi va agar AQSH XHR manfaatlariga zid harakat qilsa, qarshi choralar haqida ogohlantirdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala