Jamiyat

Mashhur pediatr bolalarga niqob taqish nima uchun xavfli ekanini tushuntirib berdi

© Foto : Facebook / Andrey ProdeusPediatr, immunolog-allergolog, soveduщiy programmы "Jit Zdorovo" Andrey Prodeus
Pediatr, immunolog-allergolog, soveduщiy programmы Jit Zdorovo  Andrey Prodeus  - Sputnik Oʻzbekiston
Yaponiya pediatrlari uyushmasi ota-onalarni koronavirus infektsiyasining tarqalishiga qaramay, ikki yoshgacha boʻlgan bolalar uchun niqob kiyish xavfli ekanligi haqida ogohlantirdi.

TOSHKENT, 28 may - Sputnik. Pediatr, immunolog-allergolog, "Jit zdorovo" dasturining boshlovchilaridan biri, professor, meditsina fanlari doktori Andrey Prodeus yosh bolalarga himoya niqoblarini taqish qanchalik maqsadga muvofiq ekanligi haqida gapirdi.

Yaponiya pediatrlari uyushmasi ota-onalarni koronavirus infektsiyasining tarqalishiga qaramay, ikki yoshgacha boʻlgan bolalar uchun niqob kiyish xavfli ekanligi haqida ogohlantirdi.

Mashhur pediatr Andrey Prodeus soʻzlariga koʻra, bu fikr nafaqat yapon mutaxassislari, balki butun dunyo pediatrlari tomonidan ham qoʻllab-quvvatlanmoqda.

V Tashkente stali chaщe shtrafovat za otsutstviye masok - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Niqob qani? Poytaxtda qoidabuzarlar koʻpaydi

Gap shundaki, niqob taqish nafas olish muammolariga olib kelishi mumkin. Hatto kattalar ham bu kabi muammolarni boshidan kechirishadi, bolalarni esa gapirmasa ham boʻladi, deydi mutaxassis.

"Shunga koʻra, bu tavsiya juda oqilona. Bolalarda virusga sezuvchanlik kamroq, chunki koronavirus ilashadigan va koʻprik orqali oʻtib hujayralarga kirib boradigan retseptorlar bolada kattalarga qaraganda kamroq boʻladi, ayniqsa bu retseptorlar gipertoniya, oshiqcha vazn bilan ogʻrigan keksa odamlarda koʻp boʻladi", - dedi pediatr Sputnik radiosiga.

Shu bilan birga Prodeus, niqob odamni virusdan himoya qilishiga shubha qildi. Uning soʻzlariga koʻra, hammasi aksincha - shaxsiy himoya vositalarini aynan kasallik tashuvchisi taqishi kerak.

Bunday holda, niqob taqish atrofdagi odamlarni himoya qilishga yordam beradi, deb hisoblaydi mutahassis.

Agar 5 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan yoshi kattaroq bola haqida gapiradigan boʻlsak, u infektsiya manbai boʻlsa, gavjum joylarda niqob taqish tavsiya etiladi.

Mutaxassisning toʻliq sharhini radiopodkastda tinglang.

Izvestnыy pediatr obʼyasnil, pochemu malыsham opasno nosit maski daje v karantin

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala