Pulsiz qolishdan qo‘rqqan erkak rafiqasini ilonga chaqtirib o‘ldirdi

CC0 / Pixabay / Herbert Aust / Kobra
Kobra - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hindistonning Kerala shtatida istiqomat qiluvchi 27 yoshli Suraj ismli erkak rafiqasini ilon yordamida o‘ldirdi.

TOShKENT, 27-may — Sputnik. Hindistonning Kerala shtatida istiqomat qiluvchi erkak rafiqasini ilon yordamida o‘ldirdi. Bu haqda India Today xabar qildi.

Zmeya. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Qashqadaryodagi ko‘pqavatli uyga ilon kirib oldi

27 yoshli Suraj ismli erkak ikki marta rafiqasining joniga qasd qilishga harakat qildi.

Birinchi marta - 2-mart kuni u yotoqxonasiga zaharli ilonni qo‘yib yuborgandi. Ilon chaqishi oqibatida ayol sal kam ikki oy shifoxonada davolandi.  

Keyinchalik shifoxonadan chiqqan ayol ota-onasining uyiga olib kelindi.

7 may kuni Suraj uning xonasida qolib, uxlab yotgan xotinining oldiga kobrani qo‘yib yubordi. Bu safar ayol omon qolmadi.

Ko‘p o‘tmay, erkak o‘z xotinining mulkiga egalik qilishga harakat qiladi va marhumaning ota-onasi bu tergov uchun sabab deb hisobladilar.

Fojia oldidan Suraj zaharli ilonlar egalariga qo‘ng‘iroq qilgani, shuningdek, internet orqali ilonlarning hatti-harakatini o‘rganib chiqqani ma’lum bo‘ldi.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, Suraj ajrashgan taqdirda mulksiz qolishdan qo‘rqqan.

Yangiliklar lentasi
0