So‘nggi 16-yillik jazirama ob-havo rekordi yangilandi – O‘zgidromet

© SputnikFontan v Tashkente
Fontan v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
May oyi o‘z harorat rekordini qo‘ymoqda. Ayrim joylarda kunduzi havo 40-42 darajagacha, cho‘l tumanlarida esa 44 darajagacha qizidi.

TOShKENT, 28-may — Sputnik. 26-may, seshanba kuni O‘zbekistonda may oyiga xos bo‘lmagan rekord darajadagi jazirama qayd etildi.

Havo harorati 35-39 darajani, janubda esa 39-40 darajani tashkil qildi.

Eng yuqori haroratlar Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida kuzatildi, bu joylarda kunduzi havo 40-42 darajagacha, ayrim cho‘l tumanlarida 44 darajagacha qizidi.

“Bunday harorat ko‘rsatkichlari O‘zbekistonda may oyining oxiri uchun xos emas. Respublikamizning deyarli barcha mintaqalarida shu kunning harorat rekordlari qayd etildi”, - deyiladi O‘zgidromet xabarida.

Deti kupayutsya v fontane v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Issiq ob-havo hafta oxirigacha kuzatiladi – O‘zgidromet

O‘zbekiston shimolida ayrim joylarda butun oy uchun maksimal haroratning yangi rekordlari qo‘yildi. Boshqacha qilib aytganda, Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatidagi ko‘pchilik meteorologik stnsiyalar ma’lumotlariga ko‘ra 2020-yil 26 mayda qayd etilgan bunday yuqori oylik harorat avval hech qachon kuzatilmagan.

Toshkenda, masalan, may oyida eng yuqori harorat 39,9 daraja bundan ancha oldin 1902-yilda qayd etilgan. Oxirgi 20 yil ichida eng yuqori oylik harorat 2004-yilda kuzatilgan va 38,6 darjani tashkil qilgan. Qolgan kuzatuv yillarida eng issiq yillarda Toshkentda may oyidagi harorat 37 darjadan yuqori bo‘lmagan. Respublika janubida bu yil may oyi oxirining haroratlari o‘z rekord qiymatlari — 43-44 darajaga yetmaydi.

Oyning oxirigacha respublikada asosan quruq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Faqat respublikaning shimoli va cho‘l zonasida shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 34-39 daraja atrofida bo‘ladi, mamlakat shimoli, janubi va cho‘l zonasida 40-42 darajagacha ko‘tariladi. 29–30 may kunlari harorat bir oz (2-3darajaga) pasayadi.

Sinoptiklar yozning boshida ob-havoda sezilarli o‘zgarish bo‘lmasligini prognoz qilishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0