Hodisalar

Qoraqalpogʻistonda bemor ayol ruhiy kasalliklar shifoxonasidan qochib ketdi

Milliy gvardiya xodimlari koʻp yillardan buyon davolanib kelayotgan ruhiy kasalliklar shifoxonasidan qochib ketgan ayolni muassasaga qaytarishda koʻmaklashdi.

TOSHKENT, 28 may — Sputnik. Qoraqalpogʻistonda Milliy gvardiya xodimlari ruhiy kasalliklar shifoxonasidan qochgan ayolni muassasaga qaytarishdi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Samolet Airbus A320 - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Ruhiy kasalxonadan chiqqan bloger Olloshukurova Oʻzbekistonni tark etdi

Maʼlum qilinishicha, 27 may kuni taxminan tongi soat 04:10 da Aqmangʻit blok postida xizmat vazifasini oʻtayotgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari A.R. va  F.X. maqsadsiz yurgan ayolni toʻxtatishgan. Undan nima sababdan bemahalda yurganini soʻrashadi. Shunda ayolning oʻzini tutishidan ruhan sogʻlomligi shubha tugʻdiradi. Soʻngra zudlik bilan profilaktika inspektori chaqirilib, vaziyatga oydinlik kiritiladi.

U 1982 yilda tugʻilgan U. A. ekani aniqlanadi. Ayol koʻp yillardan beri davolanib kelayotgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi ruhiy kasalliklar shifoxonasidan qochib ketgan. Hozirda bemor kasalxonaga olib borib joylashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala