"Oʻzbekiston" mehmonxonasining davlat ulushi sotildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovGostinitsa "Uzbekistan" v tsentre Tashkenta
Gostinitsa Uzbekistan v tsentre Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston
Singapur kompaniyasi 24 oy ichida 23,2 million dollar toʻlashi va 1,5 yil ichida 100 milliard soʻm investitsiya kiritishi kerak.

TOSHKENT, 28 may - Sputnik. Toshkentdagi "Oʻzbekiston" mehmonxonasidagi davlat ulushi ommaviy kim oshdi savdosida sotildi, deb xabar beradi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi matbuot xizmati.

Gostinitsa Uzbekistan v tsentre Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Afsonaviy “Oʻzbekiston” mehmonxonasi sotuvga qoʻyildi

"Oʻzbekiston" mehmonxonasining 80,134 foiz  davlat ulushi ommaviy kim oshdi savdosi orqali sotildi", - deyiladi xabarda.

Davlat tender komissiyasi Singapurning Bashan Investment Group PTE LTD-ni tanlab oldi. Kompaniya 24 oy ichida 23,2 million dollar toʻlashi va 1,5 yil ichida 100 milliard soʻm investitsiya kiritishi kerak.

Eslatib oʻtamiz, "Oʻzbekiston" mehmonxonasi oxirgi marta 2019 yil fevral oyida 33 million dollarga sotuvga qoʻyilgan edi. Bungacha u uch marotaba kim oshdi savdosiga qoʻyilgan edi.

"Oʻzbekiston" mehmonxonasi 1974 yilda qurilgan. Soʻnggi marta rekonstruktsiya ishlari 2010 yilda amalga oshirilgan.

Koʻp qavatli mehmonxona binosi ochiq kitob shakliga oʻhshaydi. Xalq orasida u "uzbechka" deb nomlanadi. Mehmonxona 243 ta xonadan iborat.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala