Analitika

Amerikaliklarga Markaziy Osiyo va Kavkazdagi biolaboratoriyalar nimaga kerak?

© Sputnik / Denis Aslanov / Fotobankka oʻtishLaboratoriya imeni Richarda Lugara v Gruzii
Laboratoriya imeni Richarda Lugara v Gruzii - Sputnik Oʻzbekiston
Qozogʻiston, Armaniston va Tojikistonda amerikaliklar biologik laboratoriyalar tarmogʻini yaratdilar. RIA Novosti muallifi buni oʻrgandi.

TOSHKENT, 29 may - Sputnik, Galiya Ibragimova. "AQSH butun dunyo boʻylab, shu qatori, chegaralarimiz atrofida, harbiy biologik faoliyat olib bormoqda", - dedi Sergey Lavrov KXSHT tashqi ishlar vazirlari yigʻilishida. Moskva uzoq vaqtdan beri qoʻshni davlatlarning biologik xavfsizligi haqida havotirda. Qozogʻiston, Armaniston va Tojikistonda amerikaliklar biologik laboratoriyalar tarmogʻini yaratdilar. Rossiya rasmiylarining, ayniqsa, Gruziyadagi Lugara nomidagi markazga oid savollari koʻp. Vashingtonga bularning nima keragi borligi haqida RIA Novosti materialida oʻqing.

Shtab-kvartira Ministerstva oboronы SSHA - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Pentagon biolaboratoriyalari Rossiya va Xitoy biqinida joylashgan — RF TIV rahbari

Qasddan chiqarib yuborish

Qozogʻistonda koronavirusdan birinchi zararlanish mart oyining boshida qayd etildi. Hukumat chegaralarni yopib, favqulodda holat eʼlon qildi. Internetda ushbu virus 2016 yilda respublikaning janubiy-sharqida amerikaliklar tomonidan qurilgan biolaboratoriya bilan bogʻliq boʻlishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqaldi.

Olma-Ota Markaziy referans-laboratoriyasi (TSRL) Qozogʻiston uchun xos boʻlgan viruslar shtammlarini oʻrganishga ixtisoslashgan. U Qozogʻiston karantin va zoonoz infektsiyalari ilmiy markazi negizida faoliyat yuritadi, respublika Sogʻliqni saqlash vazirligiga boʻysunadi. U Pentagon hisobidan qurilgan boʻlsa-da, Qozogʻiston mulki hisoblanadi. AQSH ushbu inshoot uchun 108 million dollar ajratgan.

Vashington buni: mintaqada AQSH harbiylari joylashgani va tadqiqotlar nomaʼlum virusli infektsiyalardan himoyalanishga yordam beradi, deya tushuntirgandi.

Brifing Ministerstva oboronы RF po bioorujiyu - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Oniщenko MDHdagi AQSH biolaboratoriyalari haqida: asosiysi mediklarni harbiylardan farqlash

KXSHT, MDH va SHHT sammitlarida Moskva vakillari amerikaliklar ushbu laboratoriyalarni Rossiya manfaatlariga qarshi ishlatishlari mumkinligini bir necha bor taʼkidlashgan. Ammo Qozogʻiston rasmiylari mahalliy biologlar ishiga hech kim aralashmasligiga ishontirishgan.

"Xorijiy olimlarning ishtirok etishiga faqat qoʻshma tadqiqotlar oʻtkazilganda va grant loyihalari amalga oshirilgandagina yoʻl qoʻyiladi", - deb izoh bergan TSRL.

2018 yilda Qozogʻistonda meningit bilan kasallanishlar soni sezilarli darajada oshdi va Olma-Otada TSRLdan meningokokk infektsiya shtammining sizib chiqishi haqida gapira boshlashdi. Jurnalistlar va blogerlar amerikaliklar qasddan virus tarqalishiga yoʻl qoʻydilar, deya jiddiy yozdilar. Shu tariqa, ular goʻyoki laboratoriyada ishlab chiqilgan bakteriologik qurolning samaradorligini sinab koʻrmoqchi boʻlgan.

Qozogʻiston Sogʻliqni saqlash vazirligi hech qanday epidemiya yoʻqligiga ishontirgan. "Qozogʻistonda meningit bilan kasallanish holati 58 ta, ulardan 32 tasi Olma-Otada. Agar nisbiy koʻrsatkichlarni hisoblasak, BSST standartlariga koʻra, ular juda past", - dedi vazirlika.

Sotrudnitsa laboratorii  - Sputnik Oʻzbekiston
AQSH Qrimda Lugaraga oʻxshash biolaboratoriyani tashkil etmoqchi boʻlgan

Koronavirus ham oʻxshash tarixga ega. Hokimiyat fitnani rad etdi va vahima tarqatmaslikka chaqirdi.

Faoliyatning yopiq rejimi

Sovet davrida Armaniston SSR Mikrobiologiya instituti eng yirik mikrobiologiya markazi hisoblangan. 90-yillarda institutning ilmiy ishlanmalariga AQSH va Buyuk Britaniya qiziqish bildirdi. Armanistonlik mutaxassislar Gʻarb mamlakatlarida amaliyot oʻtashga taklif etilgan.

2000 yillarda amerikaliklar mamlakatda bir nechta biologik laboratoriyalarni ochishga yordam berdi. Pullarni, Qozogʻistonda boʻlgani kabi, Pentagon ajratgan. Faqat Armaniston Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktikasi Milliy markazining oʻziga modernizatsiya qilishga oʻn million dollar sarflandi.

Preduprejdayuщaya tablichka na dveri laboratorii - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQSH Ukrainada oʻta xavfli infektsiyalar saqlanadigan 8 ta laboratoriya qurdi

Yerevan, Gyumri, Vanadzor, Martuni va Ijevanda qurilgan ilmiy markazlar Kavkaz mintaqasiga xos boʻlgan virus va shtammlarni oʻrganadilar.

Laboratoriyalar Armaniston sogʻliqni saqlash tizimining bir qismidir, ammo AQSH mudofaa vazirligining tahdidlarni kamaytirish agentligi bu yerga kirish huquqiga ega. U yerda mahalliy mutaxassislardan tashqari, amerikaliklar ham ishlaydi.

Armanistondagi biolaboratoriyalar yopiqliliga Moskva tomonidan tanqid bildiradi. Shubhalarni bartaraf etish uchun oʻtgan yilning kuzida bosh vazir Nikol Pashinyan rossiyalik mutaxassislar bilan hamkorlik toʻgʻrisida Memorandum imzolashga rozi boʻldi. Tafsilotlarni kelishib olindi, ammo oxirgiga kelib Armaniston tomoni ushbu hujjatdan voz kechdi.

Xavfli epidemiologiya

2010-chi yillarda amerikalik biologlar KXSHTning yana bir aʼzosi - Tojikistonga eʼtiborini qaratdilar. Ular yuqumli kasalliklarning avj olishiga olib kelishi mumkin boʻlgan noqulay epidemiologik vaziyatdan xavotirda edilar. Gʻarbning bir nechta jamgʻarmalari tadqiqot markazlarini tashkil etish uchun mablagʻ ajratdi.

Shunday qilib, 2013 yilda Dushanbe shahridagi Gastroenterologiya instituti negizida biologik xavfsizlik laboratoriyasi ochildi. Ushbu loyiha Xitoy, Myanma, Bangladesh va Afrikada shunga oʻxshash inshootlarni barpo etgan Frantsiyaning Meryë xayriya jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtirildi.

Odatda, frantsuzlarga BMT va AQShning USAID halqaro rivojlanish boʻyicha agentligi yordam bergan. Investitsiyalar uch million dollardan oshdi.

2019 yilda Respublika sil kasalligini nazorat qilish markazi negizida laboratoriya tashkil etishdi. USAID va Pentagon homiy boʻldi. Mahalliy biologlar, chet ellik hamkasblari ishtirokida Markaziy Osiyoga xos boʻlgan sil, bezgak, gepatit va oʻlat kabi kasalliklarni oʻrganmoqdalar.

Amerikanskiy istrebitel F-16, vzletayuщiy vo vremya ucheniy na voyenno-vozdushnoy baze Xualyan v Vostochnom Tayvane - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Tayvan Xitoyni nishonga oldi, AQSH esa bunda “nishonga olishga koʻmaklashuvchimi”?

Oʻtgan yili Tojikiston shimolidagi Isfara shahrida yana bir inshoot ochildi. U haqida maʼlumot oz, uni ham amerikaliklar moliyalashtirdi.

" Markaziy Osiyoda koronavirusdan oldin ham epidemiologik vaziyat yaxshi emas edi. Mintaqaga gepatit, oʻlat, sil kasalligi xosdir, shuning uchun yangi biolaboratoriya zarur. Ularga mablagʻ kerak. Chet el yordamisiz eplay olmaymiz",- deb tushuntirdi RIA Novosti-ga Dushanbe shahridagi Siyosiy tadqiqotlar markazi direktori Abdugʻani Mamadazimov.

Tojik mutaxassisi amerikaliklar faoliyatida shubhali narsani koʻrmaydi. "Shunchaki ular doim birinchi boʻlib eʼtibor beradi. Agar koronavirusdan keyin Rossiya, Xitoy yoki YEI mintaqaga viruslarga qarshi kurashda faol yordam bera boshlasa, respublika hukumati buni qoʻllab-quvvatlaydi", - deydi ekspert.

Gruziya patogeni

Gruziya KXSHTga aʼzo emas, lekin Rossiya bilan chegaradosh va Kavkazda muhim rol oʻynaydi. Moskva Richard Lugar jamoat sogʻligʻini saqlash tadqiqot markazidan xavotirda. Rossiya hukumati Tbilisi yaqinidagi biolaboratoriya amerikaliklarning manfaatlarini koʻzlab faoliyat yuritadi deb hisoblaydi.

Respublikanskiy kandidat v prezidentы Donald Tramp - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQSH Xitoyga "munosabatlarni toʻliq uzish" bilan tahdid qilmoqda

Shubhalar bekordan-bekor paydo boʻlmaydi. 2018 yil sentyabr oyida Gruziya davlat xavfsizligi sobiq vaziri Igor Giorgadze laboratoriyada odamlar ustidan eksperiment oʻtkazishlari mumkinligini maʼlum qilib Lugar markazida davolanayotgan oʻnlab odamlar vafot etganligi haqidagi hujjatlarni taqdim etdi. Shu bilan birga, u yerda Pentagonning buyurtmalarini bajaradigan Amerikaning uchta - CH2M Hill, Battelle va Metabiota xususiy firmalari biologlari ishlagan.

Giorgadze laboratoriyada bakteriologik himoyaning yuqori darajasida ekanligiga eʼtibor qaratdi. Bundan tashqari, markazda "zararli moddalar sochish uskunalari va biologik faol material bilan toʻldirilgan oʻq-dorilar" mavjud. "Maqsadi jamiyatni himoya qilish boʻlgan tashkilotga bu kabi narsalarni nima keragi bor?" - deb hayron boʻldi sobiq vazir.

Moskvada buni eshitishdi. TIVning qurollarni tarqatmaslik va nazorat qilish masalalari departamenti boshligʻi Vladimir Yermakov Rossiya oʻz chegaralari yaqinida amerika biologik tajribalariga toqat qilmasligini maʼlum qildi.

Pentagonda Giorgadzening ayblovlari bemaʼnilik deb ataldi. Tbilisi laboratoriyani tinch ishlanmalar bilan shugʻullanayotganiga va odamlar ustida tajriba oʻtkazilishi haqida gap boʻlmaganligini taʼkidladi. Gruziya rasmiylari Lugar markaziga rossiyalik mutaxassislar tashrif buyurishiga qarshi emas edi. Ammo bu rejalar oʻtgan yilgi ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlardagi inqiroz tufayli barbod boʻldi.

"Gruziya hech qachon fizik-kimyoviy biologiya sohasidagi tadqiqotlar bilan qiziqmagan. Va ushbu laboratoriyada xodimlarning himoyasi yuqori biologik darajada ekanligi koʻplab savollarni keltirib chiqaradi. Bu kabi ogʻir patogenlar bilan shugʻullanish nima uchun kerak?" - deydi RIA Novosti bilan suhbatda biologiya fanlari doktori, Sibir federal universiteti professori Nikolay Setkov.

Shtab-kvartira VOZ v Jeneve. - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQSH JSSTni moliyalashtirishni toʻxtatishi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin

Vektor virusologiya markazining ilmiy ishlar boʻyicha bosh direktor oʻrinbosari Aleksandr Agafonovning taʼkidlashicha "Lugar markazida biologik qurollar va ularni yetkazib berish vositalarini ioʻlab chiqilish toʻgʻrisida toʻgʻridan-toʻgʻri maʼlumotlar yopiqlangan".

"Ammo CH2M Hill, Battelle va Metabiota xususiy kompaniyalarining ishtiroki va kontrakt majburiyatlari toʻgʻrisida maʼlumot, masalan, Sibir kuydirgisi, tulyaremiya va Qrim-Kongo gemorragik bezgagi virusining xavfli bakteriyalari boʻyicha tadqiqotlar - eʼtiborsiz qolmasligi kerak", - deya taʼkidlaydi mutaxassis.

Agentlik tomonidan soʻralgan ekspertlar postsovet davlatlari tashqi yordamdan umid qilib, epidemiologik vaziyat ustidan nazoratni boy berib qoʻyishi mumkin degan toʻxtamga kelishdi. Va bu oʻta jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ustiga-ustak, pandemiya davrida ushbu laboratoriyalarga yanada koʻproq ehtiyotkorlik bilan qarala boshlandi, natijada ushbu tuzilmalarni yanada ochiqroq qilishga yaxshi asos bor.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala