Dunyoda

Hindistonda maymun COVID-19 bemorlarining qon namunalarini oʻgʻirlab ketdi

© REUTERS / Soe Zeya TunObezyanы u mashinы v Lop Buri, Tailand
Obezyanы u mashinы v Lop Buri, Tailand  - Sputnik Oʻzbekiston
Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida maymun toʻdasi COVID-19’ga gumon qilingan bemorlarning qon namunalarini olib ketayotgan laborantga hujum qildi.

TOSHKENT, 28 may — Sputnik. Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bir nechta maymun COVID-19’ga gumon qilingan bemorlarning qon namunalarini olib ketayotgan laborantga hujum qildi.

Laboratoriya imeni Richarda Lugara v Gruzii - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Amerikaliklarga Markaziy Osiyo va Kavkazdagi biolaboratoriyalar nimaga kerak?

Maymunlar uch dona test namunalarini olib, qochib ketishdi. Bu haqda India Today gazetasi xabar qildi.

Hodisa juma kuni Meyeruta tibbiyot kollejida yuz berdi.

Shifokorlar, agar namunalarda koronavirus boʻlsa, u maymunlarga yuqishi mumkin, deb qoʻrqishmoqda. Shifokorlar, ilgari maymunlar ushbu markazdan turli narsalarni oʻgʻirlashganini taʼkidlashdi.

Hindiston ommaviy axborot vositalarida paydo boʻlgan videoda maymunlardan biri oʻgʻirlangan namuna toʻplamini chaynayotgani aks etgan.

Shtat politsiyasi maymunlarning COVID-19 bemor qon namunalarini oʻgʻirlaganligini va oʻrmon boʻlimiga xabar bergandan keyin ham maymunlar qoʻlga olinmaganligini tasdiqladi.

Hukumat hodisa yuzasidan tekshiruv boshladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala