Iqtisod

Oʻzbekiston va Qozogʻiston temir yoʻl transportida yuk tashish tariflarini 50 foizga pasaytiradi

© Sputnik / Aleksandr Kondratyuk / Fotobankka oʻtishTeplovoz s gruzovыmi vagonami
Teplovoz s gruzovыmi vagonami - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonning Qozogʻistondagi elchisi Saidikram Niyozxoʻjayev Qozogʻiston mahsulotlari Oʻzbekiston orqali Afgʻoniston bozoriga chiqish boʻyicha logistika istiqbollari haqidagi savolga javob berdi.

TOSHKENT, 29 may - Sputnik. Oʻzbekiston va Qozogʻiston temir yoʻllarda yuk tashish tariflarini pasaytirishga kelishib oldi.

Oʻzagrotexsanoatxolding budet proizvodit traktorы v Kazaxstane - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzagrotexsanoatxolding Qozogʻistonda traktorlar ishlab chiqaradi

Tomonlar tariflarni 50 foizga qisqartirishni rejalashtirishmoqda. Bu haqda Oʻzbekistonning Qozogʻistondagi elchisi Saidikram Niyozxoʻjayev maʼlum qildi.

"Hozirda temir yoʻl tariflari boʻyicha Oʻzbekiston va Qozogʻistonning tegishli xizmatlari temir yoʻl transportida 50 foizlik chegirma taqdim etish toʻgʻrisida kelishuvni imzoladilar, yaʼni, ushbu masalalar endi ikki tomondan ham toʻlaligicha koʻrib chiqildi", - dedi Niyozxoʻjayev Saratovda "Joriy sanitar-epidemiologik vaziyat tugaganidan soʻng YEOII mamalakatlari savdo iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish istiqbollari" mavzusida tashkil etilgan xalqaro videokonferentsiyada.

Shuningdek, elchi Afgʻoniston hududida temir yoʻl transporti uchun tariflarni pasaytirish masalasi ham faol koʻrib chiqilayotganini qoʻshimcha qildi.

Niyozxoʻjayevning fikriga koʻra, ushbu kelishuvni amalga oshirish uchun barcha sharoitlar mavjud.

Eslatib oʻtamiz, fevral oyida tashqi iqtisodiy faoliyatni isloh qilishga bagʻishlangan yigʻilishda prezident Shavkat Mirziyoyev tovarlar chegaraga yetib borgunga qadar yoki mahsulotlar mamlakat ichida erkin muomalaga chiqarilgandan keyin nazorat qilinishini nazarda tutuvchi tizim yaratish boʻyicha topshiriq bergan edi.

Chora-tadbirlar amalga oshirildi. Aprel oyidan Oʻzbekistonga temir yoʻl orqali olib kirilayotgan tovarlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar respublika bojxona organlariga oldindan elektron koʻrinishda taqdim etilishini talab qiluvchi tizim joriy etildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala