Shov-shuvga sabab bo‘lgan Amir Temur haykali: Denov hokimligi nima dedi?

© Press-slujba xokimiyata Denovskogo rayonaMonument Amira Temura
Monument Amira Temura - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amir Temurning qo‘lidagi bir-biriga tutashgan uch halqa tasviri Sohibqiron dunyoning uch qismi podshosi ekanligini ifodalagan, dedi internet foydalanuvchilariga javoban Denov hokimligi matbuot-xizmati

TOShKENT, 29-may - Sputnik. Surxondaryo viloyati Denov tumani hokimligi tuman markazidagi xiyobonda o‘rnatilgan va ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan Amir Temur haykali xususida o‘z rasmiy bayonotini e’lon qildi.

Amir Temur haykali - Sputnik O‘zbekiston
Amir Temur haqida Venetsiya arxividagi haligacha chop etilmagan sirli ma’lumotlar

Ushbu surat ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgach qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lgan va Internet foydalanuvchilari haykal (ayniqsa qo‘lidagi uch halqadan iborat hassa) Amir Temur qudratini aks ettirmaydi, degan xulosaga kelgan edilar.

Ma’lum bo‘lishicha, tuman markazidagi xiyobonda o‘rnatilgan Amir Temurning ushbu haykali Denov shahar hokimligining 1996-yil 25-apreldagi farmoyishiga asosan bunyod etilgan. Haykalda ulug‘ sarkardaning uch halqadan iborat belgi biriktirilgan hassani qo‘lida tutgan siymosi aks etgan.

"Sohibqiron bobomiz qo‘lida ushlab turgan hassadagi uch halqa Temur va Temuriylar saltanati bayrog‘i, tamg‘asi va tangalarida tasvirlanganligi tarixiy manbaalarda keltirib o‘tilgan.

Amir Temur saroyida xizmat qilgan arab tarixchisi Ibn Arabshoh, Samarqandga ispan elchisi sifatida kelgan Rui Gonzales de Klavixo tomonida keltirilgan ma’lumotlarda va boshqa ilmiy risolalarda qayd etilishicha, bir-biriga tutashgan uch halqa tasvirining Amir Temur bayrog‘i, tamg‘asi va tangalariga tushirilishi bu uning yer yuzidagi uch iqlim, ya’ni shimol, janub va g‘arb hududlarini o‘z hukmronligi ostida birlashtirganini, dunyoning uch qismi podshosi ekanligini ifodalagan.

Amir Temur maqbarasi - Sputnik O‘zbekiston
Yekaterinburgda Amir Temur maqbarasi panjarasining bir bo‘lagi topildi

Xulosa shuki, qo‘lida uch halqadan iborat belgi biriktirilgan hassa tutgan Amir Temur haykali bobokalonimizning shon-shuhrati, uch iqlimni birlashtirgan yengilmas mashhuri zamon bo‘lganligi ramzidir", - deyiladi rasmiy bayonot matnida.

Shuningdek, hokimlik O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "2020-2022 yillarda Surxondaryo viloyatining Denov tumani va uning markazini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish to‘g‘risida"gi qaroriga binoan Denov tumani yangi, zamonaviy qiyofaga kirishi, jumladan, tuman markazidagi xiyobonda o‘rnatilgan Amir Temur haykali qayta rekonstruksiya qilinishini qo‘shimcha qilgan.

Yangiliklar lentasi
0