Analitika

Tramp ijtimoiy tarmoqlarni Twitterning ahmoqligi uchun tovon toʻlashga majbur qiladi

© REUTERS / Leah MillisPrezident SSHA Donald Tramp
Prezident SSHA Donald Tramp - Sputnik Oʻzbekiston
Amerika prezidenti oʻzida siyosiy tsenzurani joriy qilganligi uchun ijtimoiy tarmoqlarni tartibga solish toʻgʻrisida farmonga imzo chekdi.

Trampning sabr-toqatini yoʻqotgan eng soʻnggi tomchi Twitter Oq uy egasining ikkita xabariga foydalanuvchilarga dalillarni tekshirishga chaqiruvchi belgi qoʻygani, yaʼni uni yolgʻonchilikda ayblagani boʻldi.

Prezident SSHA Donald Tramp delayet jest, otvechaya na vopros vo vremya yejednevnogo brifinga tselevoy gruppы po koronavirusu v Belom dome v Vashingtone, SSHA, 21 aprelya 2020 goda - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Tramp ijtimoiy tarmoqlarga qarshi qaratilgan qarorni imzolamoqchi

Tramp va uning tarafdorlarini bir necha shtatlar rasmiylari tomonidan noyabr oyida boʻlajak navbatdagi prezident saylovlari doirasida pochta orqali ommaviy ovoz berishni amalga oshirish boʻyicha olib borilayotgan harakatlari tashvishga solmoqda. Tashvishga gubernator-demokratlarning alohida faolligi sabab boʻlmoqda. Masalan, Kaliforniya shtati rahbari Gevin Nyusom barcha saylovchilarga byulletenlar yuborilishiga koʻrsatma berdi. Respublikachilarning fikriga koʻra, bu ularning raqobatchilarini koronavirus epidemiyasiga qarshi turish bahonasida ovoz berish natijalarini oʻzgartirish niyatini yashiradi.

Prezidentning tvitlari aynan shunga bagʻishlangan boʻlib, unda pochta orqali ovoz berish soxtalashtirishga olib kelishini aytilgan, chunki "pochta qutilari ochilib, qalbakilashtiriladi va hatto noqonuniy ravishda chop etilib, imzolanadi".

Prezident SSHA Donald Tramp na vstreche s liderami YES v Bryussele, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Dunyo "ochiq osmon" va Tramp ortidan kuzatuv haqida gapirmoqda. Oʻzi nima gap?

Twitter esa maxsus sahifani yaratdi, unga Tramp xabarlari ostidagi eslatma orqali oʻtsa boʻladi. Unda ommaviy axborot vositalari va boshqa foydalanuvchilarning respublikachilarning tashvishlari asossiz va daʼvolari yolgʻon ekanligini taʼkidlangan tvitlari joylashtirilgan. Xususan, pochta orqali ovoz berishda minimal qonunbuzarliklarni aniqlagan tadqiqotlar natijalari keltirilgan.

Bu yerda haqiqat kim tomonda ekanligini juda uzoq vaqt muhokama qilish mumkin.

Bir tomondan, Amerika saylov tizimi oʻziga xos xususiyatlar va arxaizmlarga toʻla, ular tsinik skeptiklarning fikriga koʻra, saylovlarni manipulyatsiya va qalbakilashtirishdan juda himoyasiz qiladi. AQShdagi saylov jarayoni avvalidanoq barcha partiyalarning halolligi va sof vijdonliligini nazarda tutadi. Aynan shuning uchun Rossiya uchun shunchaki hayratlanarli holatlar mavjud, masalan, shaxsni tasdiqlovchi hujjatsiz ovoz berish imkoniyati.

Boshqa tomondan, Amerika saylovlarida, ayniqsa keng koʻlamli saylovlarda, qonunbuzarliklar va soxtalashtirishlar kamdan-kam hollarda qayd etiladi. AQShda saylov jarayonining halolligi davlat-siyosiy tizimning uzoq muddatli barqarorligi va mustahkam milliy konsensusga asoslanadi, deb taxmin qilish mumkin.

Patrulnaya mashina uzbekskoy militsii - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Ijtimoiy tarmoqda kulguli chellenj tarqatganlarga maʼmuriy chora koʻrilmoqda

Va uchinchidan, respublikachilarning raqiblarining ehtimoliy tovlamachiliklari hususida kuchaygan paranoyasi va keskin siyosiy qarama-qarshilik,  xalqning tarqoqligini chuqurlashgani va liberallarning yangi qattiq magʻlubiyatiga duchor boʻlishi sharoitida djentelmenlik kelishuvlariga amal qilinishiga shubha tugʻilishini tushunsa boʻladi.

Umuman olganda, hatto bunday maksimal umumlashtirishda ham koʻrinib turibdi-ki, bu mavzu munozarali hususiyatga ega va biron bir tomonning yaqqol haqligi toʻgʻrisida gapirishning iloji yoʻq: ikala tomonning ham oʻz vaʼjlari bor. Shunday qilib, prezidentning habarlariga "Tramp yolgʻon gapiryapti!" pozitsiyasi bilan suqulib olgan Twitter, konservatorlarning, ularning raqiblari Amerika siyosiy oʻyinining asosiy qoidalariga rioya qilishdan bosh tortishi toʻgʻrisida qoʻrquvini faqatgina kuchaytirdi.

Roʻy bergan hodisa tabiiy ravishda Twitter-ni soʻz erkinligini boʻgʻishda va prezident saylovlariga aralashishda ayblagan AQSH rahbarining gʻazabini qoʻzgʻatdi. Endi esa u ijtimoiy tarmoqlarni davlat tomonidan tartibga solishni qatʼiylashtirish boʻyicha tahdidlarini amalga oshirishga tayyor.

Sotsialnыe seti - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonliklar qaysi ijtimoiy tarmoqni yoqtirishlari maʼlum boʻldi

Darvoqe, Twitter-ning yon bosish niyati yoʻq. U Trampning tvitlari "saylovchilarni ovoz berish va saylov jarayonida ishtirok etish uchun nima qilish kerakligi toʻgʻrisida chalkashtirib yuborishi mumkin" deb taʼkidlab, oʻzining haqligini tasdiqladi.

Shu bilan birga, kompaniya raqobatdosh hamkasblarining qoʻllab-quvvatlashini olmaganligi muhimdir. Facebook asoschisi Mark Tsukerberg uning harakatlarini qoraladi va ijtimoiy tarmoqlar internet orqali odamlarning sharhlariga hakam boʻlmasligi kerakligini taʼkidladi.

Buni tsenzuraning katta mexanizmini yaratgan, shu jumladan "faktlarni tekshirish boʻyicha mustaqil ekspertlar" ga tayanib, yolgʻon maʼlumotni oʻz ichiga olgan postlarni alohida belgilaydigan media-platformaning rahbaridan eshitish juda hayratlanarli. Ammo bu Twitter-ning Tramp bilan murosasiz kurashida juda haddidan oshirib yuborganini tasdiqlaydi va bu Tramp uchun ijtimoiy tarmoqlarga nisbatan harakat qilishga jiddiy sababdir. Tsukerbergning bayonoti, oʻz kompaniyasini prezidentning gʻazabidan xalos qilish va raqibiga faqatgina oʻzi harakatlari uchun javob berish imkoniyatini taqdi etish istagiga juda oʻxshaydi.

Aslida, Twitter-ning gʻazabini tushunsa boʻladi.

Hatto Fox News kabi konservativ ommaviy axborot vositalarining taʼsir imkoniyatlari tenglasha olmaydigan liberal media-manbalarning birlashgan guruhi bir necha yildan beri ular yoqtirmaydigan prezidentga qarshi chiqmoqda. Biroq, Tramp ijtimoiy platformalar orqali saylovchilar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqada boʻlib, avvalo aynan shu Twitter-ni ishlatadi.

Ammo ijtimoiy tarmoq bilan kurashish uchun bunday qoʻpol va ochiqchasiga ahmoqona "bizda imkoniyat bor va buni istaymiz, shuning uchun bizga mumkin" nuqtai nazaridan usul tanlanganligi, 73 yoshli oqsoqol nima uchun ularning-da maydonidagi progressiv jamoatchilik ustidan muvaffaqiyat bilan gʻalaba qozonayotganini tushuntiradi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala