Turkiyada meteorit parvozi tasvirga olindi

© AFP 2023 / NASAPadenie meteorita
Padenie meteorita - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya osmonida sirli tarzda miltillab ko‘ringan obyekt parvozi qayd etildi. Antiqa hodisa bir necha hududlarda ko‘rindi.

TOShKENT, 28-may — Sputnik. Turkiya osmonida sirli tarzda miltillab ko‘ringan obyekt parvozi qayd etildi. Noma’lum jism kuchli portlash bilan parvozni yakunladi. Bu haqda Daily Sabah xabar qildi.

Payshanba kuni kechasi mahalliy aholi bu antiqa tabiiy hodisaning guvohi bo‘ldi. Birdaniga bir nechta hududda - Artvin, Erzurum, Sivas, Tunjeli, Trabzon, Erzinjan va Ardahanda yorug‘lik va kuchli portlash qayd etildi.

Olimlarning fikriga ko‘ra, ehtimol bu navbatdagi meteorit bo‘lgan.

Favqulodda vaziyatlarni boshqarish agentligi xodimlari atmosferada "yorug‘lik chaqnashi" haqidagi xabardan keyin tekshiruv boshladilar.

Yangiliklar lentasi
0