O‘zagrotexsanoatxolding Qozog‘istonda traktorlar ishlab chiqaradi

© UzagrotexsanoatxoldingO‘zagrotexsanoatxolding budet proizvodit traktori v Kazaxstane
O‘zagrotexsanoatxolding budet proizvodit traktori v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zagrotexsanoatxolding Qozog‘istonda traktorlar, paxta terish mashinalari, tirkamalar, rotorli o‘rgichlar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

TOShKENT, 29-may - Sputnik. "O‘zagrotexsanoatxolding" AJ Qozog‘istonning "Orbis Kazakhstan" kompaniyasi bilan birgalikda Turkiston viloyatida O‘zbekiston qishloq xo‘jalik texnikalarini Qozog‘istonda yig‘ish loyihasi doirasida investitsiya shartnomasi va yo‘l xaritasini imzoladilar

Umumiy investitsiya hajmi 12 million dollar bo‘lgan yangi loyiha “Turkistan” sanoat zonasi hududidagi "Brownfield" ishlab chiqarish maydonchasida qishloq xo‘jaligi texnikalarini yig‘ishni nazarda tutgan. 

Sanoat zonasi hududida 110 ot kuchiga ega universal-haydov traktorlari, 80 ot kuchiga ega paxta traktorlari, shuningdek, paxta terish mashinalari, 4 tonnagacha yuk ko‘taradigan traktor tirkamalari, rotorli o‘rgich-maydalagichlar, purkagichlar, paxta kultivatorlari hamda 3 va 4 korpusli pluglarni ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.

"O‘zagrotexsanoatxolding" AJ qozog‘istonlik mutaxassislarni o‘qitish va malakasini oshirish, shuningdek texnik xodimlar uchun amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish ishlarini amalga oshiradi.

O‘z navbatida, "Orbis Kazakhstan" kompaniyasi Qozog‘iston Respublikasida qishloq xo‘jaligi texnikalarini sotish uchun dilerlik va xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini rivojlantirishni rejalashtirmoqda.

Yangiliklar lentasi
0