O‘zbekistonda sel xavfi e’lon qilindi

© Sputnik / Anatoliy UstinenkoNa ulitse posle sxoda selevogo potoka
Na ulitse posle sxoda selevogo potoka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Noxush holatlar yuzaga kelganda, favqulodda vaziyatlar vazirligining "1050" qisqa raqamiga murojaat qilish so‘ralgan.

TOShKENT, 29-may - Sputnik. O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi sel kelishi xavfi haqida ogohlantirdi.

Gorojane spasayutsya ot jari v fontane parka 300-letiya Sankt-Peterburga. - Sputnik O‘zbekiston
Markaziy Osiyoda yozda anomal jazirama bo‘ladi - iqlimshunoslar bashorati

"2020-yilning 29-31- may kunlari respublikamiznig tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfi mavjud", - deyiladi xabarda.

Tog‘ va tog‘oldi hududlarida yashovchi aholidan ehtiyot choralarini ko‘rish, noxush holatlar yuzaga kelganda, FVVning “1050” raqam”iga murojaat qilish so‘ralgan.

29 may kuni O‘zbekistonda o‘zgaruvchan ob-havo kuzatiladi. Yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.

Faqat Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatida kechga borib vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Momaqaldiroq bo‘ladi.

Joylarda shamol tezligi 17-22 m/s kuchayadi. Havo harorati 34-39°, cho‘l zonalarida 40-42°.

Toshkentda o‘zgaruvchan ob-havo kuzatiladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.

Yangiliklar lentasi
0