Bolalar ombudsmenining asosiy vazifalari belgilandi

© Iz lichnogo arxiva Alii YunusovoyDetskiy ombudsmen Aliya Yunusova dala pervoye bolshoye intervyu v novoy doljnosti
Detskiy ombudsmen Aliya Yunusova dala pervoye bolshoye intervyu v novoy doljnosti - Sputnik Oʻzbekiston
Vakil Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida oʻzining jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi mintaqaviy vakillariga ega boʻladi.

TOSHKENT, 30 may - Sputnik. "Bola huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" prezident qarori qabul qilindi va hujjatda Bola huquqlari boʻyicha vakilning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari belgilab berildi.

Destkiy ombudsmen Uzbekistana Aliya Yunusova - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Ilk sinov va jiddiy muammolar: bolalar ombudsmani bilan eksklyuziv intervyu

Vakil BMTning Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konventsiyasini bajarish strategiyasini va bola huquqlari masalalari boʻyicha boshqa hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi. Oʻz vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlari va ularning mansabdor shaxslariga tobe boʻlmagan tarzda bajaradi.

Vakil daxlsizlik huquqidan foydalanadi va u Oliy Majlis palatalarining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud tartibida beriladigan maʼmuriy jazoga tortilishi mumkin emas.

Vakilga nisbatan jinoyat ishi faqat Bosh prokuror tomonidan qoʻzgʻatilishi mumkin.

❎ Vakilni majburiy keltirishga, ushlab turishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Vakilning faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.

Rebenok v detskom dome-internate, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Tirik yetimlar, oilaviy janjal va smartfon: bolalar nega oʻz joniga qasd qilmoqda?

Vakil har yili 15 fevraldan kechiktirmay Oliy Majlis palatalariga bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan rioya qilinishi holati haqida maʼruza taqdim etadi.

Vakil Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida oʻzining jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi mintaqaviy vakillariga ega boʻladi.

Bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash masalalari boʻyicha qonun hujjatlari loyihalari majburiy tartibda Vakil bilan kelishiladi.

Qaror bilan Vakil huzurida Bola huquqlarini himoya qilish boʻyicha jamoatchilik kengashi tashkil etildi hamda uning asosiy vazifalari belgilandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala