Hodisalar

Toshkentda massaj saloni bahonasida fohishaxona ochganlar fosh etildi

© Fred DUFOUR / AFPDevushka legkogo povedeniya
Devushka legkogo povedeniya - Sputnik Oʻzbekiston
Poytaxtning Yunusobod va Shayxontohur tumanlarida qoʻshmachilik bilan shugʻullanib kelayotgan shaxslarning qilmishi fosh qilindi

TOSHKENT, 31 may — Sputnik. Toshkentda massaj saloni bahonasida ochilgan ikkita fohishaxona fosh etildi.

Toshkent shahar IIBB xabariga koʻra, fuqarolar koʻp qavatli uylardan joy olgan salonlardagi massaj takliflari, turli xil SPA-salonlar haqidagi eʼlonlarni tekshirib berishni soʻrab murojaat qilishadi. Har bir bu kabi murojaat tekshiriladi.

Jenskiye nogi - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Karantindagi ishrat: Qoʻqonda fohishaxona fosh etildi

Shunday murojaatlar biri 22 may kuni olingan. Aniqlanishicha, Yunusobod tumanidagi salonlardan birida 43 yoshli O.U. 500 ming soʻm evaziga xilvat uchun sharoit yaratgan.

Ikkinchi holat 27 may kuni aniqlangan. Tadbir davomida Shayxontohur tumanidagi salonlardan birida 22 yoshli K.M. 100 dollar evaziga ikki kishining qovushishi uchun xona ajratib berishi maʼlum boʻlgan.

Har ikkita holat yuzasidan JKning 131 moddasi 2 qismi bilan (Qoʻshmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) jinoiy ish ochilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala