Video

Crew Dragon parvozining yorqin kadrlari 2,5 daqiqada – video

Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi insoniyat tarixida ilk bor fazogirlarni kosmosga uchirdi. Bortida ikkita astronavt boʻlgan Crew Dragon kemasi 30 may kuni Floridadagi Kennedi kosmik markazidagi maydonchadan muvaffaqiyatli parvoz qildi.

Shu tariqa, tarixda ilk bor odamzod kosmosga xususiy kompaniya tomonidan uchirilmoqda.

2011 yildan buyon NASA astronavtlari Xalqaro kosmik stantsiyaga faqat Rossiyaning “Soyuz” kemalarida olib chiqilgan.

Ushbu parvoz dastlab 27 may kuniga moʻljallangan edi. Biroq ob-havo noqulay boʻlgani tufayli parvoz boshqa kunga qoldirilgan edi.

Crew Dragon orbitada taxminan 19 soat boʻlishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala